2017 yilning kuzida Toşkent şahri Olmazor tumani Beşqörğon MFYda (Tansiqboyev-3) istiqomat qiluvçi oilaning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi ketma-ket vafot etgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgandi.
7 yaşar Munisa, 6 yaşar Muxlisa va 4 yaşar Mohira 8 noyabr keçasi va 9 noyabr kuni ertalab bir neça soatning oraliğida ketma-ket vafot etgan edi.
Şifokorlar bir kunda vafot etgan uç qizning heç biriga aniq taşxis qöya olmagan. Sud-tibbiyot ekspertizasi mutaxassislari ham ölim sababini aniqlay olmagan.
Öşa vaqtda Toşkent şahar prokurori Şerzod Obloqulov «uşbu jinoyat işi böyiça tergov jarayoni tugagani va sudga oşirilgani, işni sud körib çiqayotgani» haqida ma'lumot bergandi.
Marhum qizlarning ota-onasi KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilib, tayinlangan ekspertizalar töliq, qonunan ötkazilişi va sud adolat örnatib, işning xolis körilişi jarayonlarini töliq yoritib berilişini iltimos qilişgandi. Saytda mazkur jarayon batafsil yoritib borilgandi.
Aniqlangan kamçiliklar sabab jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudi bir neça bor kompleks sud-tibbiy ekspertizasini tayinlagandi.
Hatto ÖzR STE Boş byuro boşliği A.I.Iskandarov 25 aprel kuni ekspertlar tarkibini özgartirişni sörab sudga murojaat qilgandi. Bunga sabab sifatida ekspertizani mukammal örganiş uçun sohaning professional xodimlari kerakligini asos qilgandi.
26 aprel kuni esa qöşimça ajrim bilan ekspertlar tarkibiga özgartiriş kiritildi. Byuro boşliği A.I.Iskandarov esa sud majlisida vijdoni oldida ekspertizani töliq va xolisona ötkazişga nomi va şarafini örtaga qöyib va'da bergandi.
Sud quyidagilarni aniqladi. Toşkent şahar Olmazor tumanidagi 21-sonli oilaviy poliklinikasining «Umumiy amaliyot şifokori» lavozimida işlab kelgan G.A. 2017 yilning 8 noyabr kuni taxminan soat 10larda uç qizni tibbiy körikdan ötkazişni boşlagan. Ularning uçovida ham birin-ketin qusiş qayd etilgani, iç ketişi bir neça bor takrorlanişiga qaramay holatga töliq baho berilmagan. G.A öz kasbiga beparvolik va insofsizlarça munosabatda bölgan, vazifalarini lozim darajada bajarmagan.








