Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMlarga kirish testlari 14 iyuldan boshlanadi
Oliygohlarga kirish imtihonlari 14-28 iyul kunlari o‘tkazilishi, shundan keyin 30 iyul – 13 avgust kunlari abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoni berilishi, mandat esa 21-22 avgustda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari 2024 yil 14 iyuldan 28 iyulga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kun.uz so‘roviga javoban imtihonlar va mandat sanalari hali tasdiqlanmaganini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, imtihonlar 28 iyulda yakunlanadi va abituriyentlar 30 iyuldan boshlab 15 kun davomida yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi.
13 avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.
7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanib, natijalar 21-22 avgustda e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
13:12 / 14.01.2026
SSV: Janubiy Koreya granti asosida 100 ta zamonaviy «Tez yordam» mashinasi xarid qilinadi
08:45 / 13.01.2026
Antibiotiklar elektron retsept bilan: SSV ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga aniqlik kiritdi
09:33 / 02.01.2026
SSV: yangi yilning birinchi kunida 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi
18:46 / 01.01.2026