Janubiy Koreyaning DK Consultans kompaniyasi Özbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam avtomaşinasini yetkazib beradi. Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari F.Toşpölatov boşçiligidagi delegatsiyaning uşbu mamlakatga taşrifi davomida tegişli kelişuvga erişilgan.
Muloqotda soğliqni saqlaş sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş va istiqbolli loyihalarni röyobga çiqariş masalalari muhokama qilingan.
«Uçraşuv asnosida mamlakatimizda 103 xizmatini yanada takomillaştiriş maqsadida kompaniya tomonidan ajratiladigan grant mablaği hisobidan 100 ta tez tibbiy yordam avtomaşinasini yetkazib beriş böyiça qiymati 7 million AQŞ dollariga teng memorandum imzolandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Kelişuvga köra, mazkur zamonaviy rusumdagi transport vositalarini 2026 yilning birinçi yarmida xarid qiliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, muloqotda Toşkent şahar 7-son klinik şifoxonasini davlat-xususiy şeriklik asosida boşqaruvga oliş hamda Respublika ixtisoslaştirilgan endikrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy davolaş binosini barpo etiş böyiça takliflar muhokama qilingan.
Uçraşuvda mezbon tomon Özbekiston tibbiyoti transformatsiyasi jarayonida faol qatnaşayotganidan mamnunligini hamda özaro manfaatli hamkorlikka doimo tayyor ekanligini bildirgan.













