21:50 / 06.12.2017
23511

Dekabr oyida Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qurshab oladi

Foto: Wikipedia

Dekabr oyi magnit bo‘ronlariga boy bo‘ladi. Ularning dastlabkisi dekabrning 4–7-sanalarida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi 1+1 kanali.

Keyingi bo‘ronlar 11 dan 13 dekabrgacha bo‘lishi kutilmoqda. Uzoq davom etuvchi quyosh shamollari insonlar salomatligi va o‘zini his qilishiga salbiy ta'sir o‘tkazmasdan qolmaydi.

Eng kuchli magnit bo‘roni Yerga 18 dekabr kuni yopiriladi. U bor-yo‘g‘i bir kun davom etsa-da, o‘ta kuchli bo‘ladi. Shu sababli magnit bo‘roniga sezuvchan kishilar hol-ahvoli yomonlashishiga tayyor turishlari kerak.

Shifokorlar magnit tebranishlari davrida jismoniy zo‘riqish va stresslardan yiroq bo‘lishni tavsiya etishadi. Mutaxassislar shuningdek, ushbu davrda alkogolli ichimliklar ichish va tamaki chekishni bas qilib, oziqlanish tizimini tartibga solish, chunonchi, yog‘li va hazmi og‘ir ovqatlardan tiyilish, organizmda suvning turib qolishiga sabab bo‘luvchi tuzlangan va dudlangan mahsulotlardan voz kechishni maslahat berishadi.

Mavzuga oid
Top