Quyoşda X3.3 sinfidagi kuçli çaqnaş sodir böldi. Bu akademik Yevgeniy Fyodorov nomidagi Amaliy geofizika instituti xabar berdi.

«3868 (S16E76) doğlar guruhidagi rentgen diapazonida X3.3 çaqnaşi sodir böldi va u 44 daqiqa davom etdi. Çaqnaş qisqa tölqinli radioaloqaning qisman uzilişiga olib keldi», — deyiladi xabarda.

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bölinmasi Quyoş-Yer fizikasi institutining ma’lumotlariga köra, 24 oktyabr kuni Quyoşda törtta çaqnaş sodir bölgan — ularning oxirgisi «qizil» darajada, qolganlari kuçsiz.

Ekspertlarning prognozlariga köra, 25 oktyabr kuni tonggi soat 06:00 dan kun yarmigaça kuçsiz magnit böroni kuzatilişi mumkin. 

Oktyabr boşidan beri Quyoşda törtta kuçli çanqaş sodir böldi. Uşbu hodisalar rentgen nurlanişining kuçiga qarab sinflarga (A, B, C, M va X) ajratiladi. Eng kiçik sinf — A0.0 bölib, u Yer orbitasida 1 metr kvadrat uçun 10 nVt radiatsiya kuçiga töğri keladi. Çaqnaşlar oqibatida odatda plazma ajraladi. Ular Yerga qadar yetib kelişi va magnit böronlarini hosil qilişi mumkin.

Magnit böronlarining eng kuçli ta’sirini elektron apparatlar, asosan, sun’iy yöldoşlar, kosmik stansiyalardagi texnika va uskunlar «his qiladi». Yerdagi sezgir elektron qurilmalar faoliyati ham buzilişi mumkin.