Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ziroat Mirziyoyeva Nyu-Yorkdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi
O‘zbekistonning birinchi xonimi Turkiya madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.
O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York shahriga tashrif doirasida Turkiya birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an taklifiga binoan ushbu mamlakat madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.
Ekspozitsiyada Anadoluning an’analari, hunarmandchilik va madaniyatni zamonaviy dizayn bilan birlashtirgan ko‘p asrlik merosi taqdim etildi. Ko‘rgazmada milliy matolar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, «telkari» va «kazaziyo» uslubidagi zargarlik buyumlari, kulolchilik namunalari, yong‘oq daraxtidan o‘ymakor sandiqlar va misdan qo‘lda yasalgan idishlar namoyish etildi.
Ko‘rgazmaga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Emine Erdo‘g‘an xalqlar o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash haqida fikr almashdilar.
Tadbirda, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi munosabati bilan Nyu-York shahrida bo‘lib turgan boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari, xorijiy delegatsiyalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etdi.







Mavzuga oid
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
21:50 / 23.12.2025