O‘zbekistonda 6 oy davomida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta homiladorlik aniqlangan - vazirlik
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida 6 nafar o‘quvchi qizda erta homiladorlik kuzatilgan. Ularning aksariyati darsdan tashqari vaqtda, yozgi ta’tilda sodir bo‘lgan.
2023 yilning dastlabki 6 oyi davomida (yanvar–iyun) O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida 6ta erta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Kamolov 31 iyul kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2023 yilning 6 oyi davomida 5ta hudud: Qoraqalpog‘iston (1ta), Qashqadaryo (2ta) Samarqand (1ta), Sirdaryo (1ta), Surxondaryo (1ta) viloyatlarida tahsil olayotgan jami 6 nafar o‘quvchi qizda erta homiladorlik aniqlangan. Kamolovning qayd etishicha, holatlarning aksariyati maktabdan tashqari vaqtda yoki yozgi ta’til paytida sodir bo‘lgan.
«Bularning hammasi umumta’lim maktablaridagi emas, oilalardagi holat. Ularning oldini olish bo‘yicha o‘quvchi qizlar o‘rtasida ularni oila hayotiga tayyorlash, sog‘liqni saqlash xodimlari bilan oqibatlarni tushuntirish mumkin bo‘lgan ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.
Lekin tahlil qilganimizda, aksariyat hollarda [bunday holatlar] yozgi ta’til davrida yoki maktabdan tashqarida bo‘lgan davrda yuzaga kelishi aniqlangan. Ammo bu maktablar mas’uliyatni zimmasiga olmaydi degani emas. Shuning uchun birinchi navbatda ota-onalar, sinf rahbarlar bilan hamkorlikda bu boradagi ishlar doimiy yo‘lga qo‘yilgan», – deydi Kamolov.
Ta’kidlanishicha, maktablarda erta homiladorlik, erta tug‘uruqning oldini olish bo‘yicha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, joylardagi mahalla faollari, xotin-qizlar faoli, maktab psixologi, sinf rahbari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:36 / 03.11.2024
Namanganda maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib YTH sodir etdi
17:44 / 12.08.2024
Xorazmda 7-sinf qizi farzand ko‘rdi. U maktab o‘quvchilari tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
22:07 / 25.07.2023
Olmaliqda o‘quvchi qizlarni urib yuborib, ulardan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan Damas haydovchisi 6 yilga qamaldi
14:57 / 24.05.2023