16 fevral kuni Toşkent şahri Çilonzor tumanida voyaga yetmagan şaxs boşqaruvidagi Lacetti iştirokida YTH sodir böldi.
Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, Novza köçasi (Kinematografiya agentligi joylaşgan köça)da voyaga yetmagan (2009 yilda tuğilgan) şaxs boşqaruvidagi Lacetti yölning buriliş qismida boşqaruvni yöqotgan. Buning oqibatida u qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, yöl çetida harakatsiz turgan Cobalt avtomobiliga borib urilgan. Töqnaşuv zarbidan Cobalt surilib borib, yonidagi Honda Crider’ga urilgan. Har uçala avtomobil ham şikastlangan.
Cobalt'ning egasi bergan xabar böyiça voqea joyiga yetib kelgan, özini “4-batalyondan Bekzod” deb taniştirgan YHXB xodimi zarur suriştiruv çoralarini ötkazmagan. Xususan, hodisa iştirokçilari va guvohlarning tuşuntiriş xatlari olinmagan. Voqea joyi çizmasi çizilmagan. Tormoz izlari ham közdan keçirilmagan.

Xodim maşina egalaridan tegişli hujjatlar (texpasport va haydovçilik guvohnomalari)ni yiğib olgan va Lacetti hamda qolgan ikki avtomobilni jarima maydonçasiga olib borişni mulk egalarining özlariga “yuklab”, hodisa joyini tark etgan. Lacetti'ni boşqargan şaxsning şaxsiga oid hujjatlari bölmagan.
YTHni sodir etgan haydovçi voyaga yetmagan bola ekaniga qaramay, uning şaxsiga aniqlik kiritilmagan. Bolaning şaxsi hodisa joyiga yiğilgan köngillilar tomonidan sörab-suriştirib aniqlangan.
Kun.uz poytaxt IIBB rasmiysi Qahramon Xudoyberganovdan YTHlarni rasmiylaştiriş tartib-qoidalari haqida söradi. Uning tuşuntirişiça, har qanday YTH sodir bölganda avvalo voqea joyi çizmasi çizilib, hodisa iştirokçilari va xolislar tomonidan imzolanadi. Bundan taşqari, hodisa joyining özida YTH iştirokçilarining şaxsiga aniqlik kiritilib, batafsil tuşuntiriş xatlari olinadi.

















