Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada migrantlarning ommaviy mushtlashuvidan keyin 40 kishi ushlandi
«Prokshino» turar-joy majmuasida migrantlar olomoni belkurak, tayoq va yo‘l belgilari ko‘targan holda janjallashgan. 4 kishi jabrlangan.
Foto: Videodan kadr
Politsiya Moskvadagi «Prokshino» turar-joy majmuasida ommaviy mushtlashuvdan keyin bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, dedi IIV vakili Irina Volk. Uning so‘zlariga ko‘ra, IIV bo‘limiga 40 nafarga yaqin odam keltirilgan, ularning mushtlashuvga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Janjal 25 oktabr kuni sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar olomoni belkurak, tayoq va yo‘l belgilari ko‘targan holda janjallashgan. 4 kishi jabrlangani aytilmoqda. TASS xabariga ko‘ra, to‘xtab turgan bir nechta avtomobillar shikastlangan. Mojaroga nima sabab bo‘lgani noma’lum.
IIV vakili Irina Volk so‘zlariga ko‘ra, qamoq jazosiga hukm qilinmagan migrantlar Rossiyadan chiqarib yuboriladi, keyinchalik ularga kirishga taqiq qo‘yiladi.
«Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jinoiy jazo qo‘llanilmaydigan chet el fuqarolari keyinchalik qonunda belgilangan tartibda kirishga ruxsat berilmagan holda mamlakatdan chiqarib yuboriladi», deb yozdi Volk.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining «Bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga ko‘ra maksimal jazo - yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Mavzuga oid
19:08 / 19.12.2025
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi
18:18 / 18.12.2025
Tanqiddan so‘ng: taftish instansiyasi ajrimi bilan Akmal Shukurov qamoqqa qaytarildi
19:30 / 15.12.2025
Migratsiya agentligi Moskvadagi muhtoj migrantlarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlaydi
18:50 / 13.12.2025