Jamiyat | 13:42 / 24.07.2020
8141
3 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz bir qator viloyatlarda hududiy muxbir vazifasiga ishga qabul uchun tanlov e'lon qiladi

Kun.uz tahririyati viloyatlarda muxbirlik tarmog‘ini kengaytirishi munosabati bilan yurtimizning bir necha hududlarida muxbir vazifasiga tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda quyidagi hududlarda istiqomat qilayotgan talabgorlar qatnashishlari mumkin:

  • Farg‘ona viloyati;
  • Namangan viloyati;
  • Surxondaryo viloyati;
  • Qashqadaryo viloyati;
  • Buxoro viloyati;
  • Navoiy viloyati;
  • Sirdaryo viloyati;
  • Jizzax viloyati;
  • Xorazm viloyati;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan boshlang‘ich talablar:

  • oliy (yoki tugallanmagan oliy) ma'lumotli bo‘lish;
  • 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;
  • kompyuter va zamonaviy gadjetlardan foydala olish;
  • ijtimoiy tarmoqlar hamda messenjerlardan foydalana olish;
  • bexato va savodli matn tuzish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  • jurnalistika va bloging sohasida kamda 3 yil ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
  • imkon qadar yuridik sohadan xabardor bo‘lish;
  • viloyat markazlari (Qoraqalpog‘istonda — Nukus shahri)da yashash yoki qatnab ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish.

Nomzodlar oldiga qo‘yiladigan vazifa — professional jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish;

  • tadbirlar va matbuot anjumanlarida qatnashish,
  • voqea joyidan reportajlar tayyorlash,
  • muayyan mavzularni alohida o‘rgangan holda yoritish,
  • jurnalistik surishtiruvlar olib borish.

Talabgorlardan shuningdek, o‘z ishiga mas'uliyatli va turli vaziyatlarga moslashuvchan bo‘lish talab qilinadi.

Kun.uz nomzodlarga nimalarni taklif qiladi?

  • Ahil jamoa davrasida ishlash, o‘z kasbiy mahoratini oshirish va rivojlanish uchun imkoniyatlar;
  • sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tib, rasmiy mehnat shartnomasi imzolanganidan so‘ng barcha zarur texnika vositalari bilan ta'minlash;
  • bajarilgan ishga qarab haq to‘lash.

Nomzodlardan o‘zi haqidagi ma'lumotlarni faqat quyidagi formani to‘ldirish orqali jo‘natishlarini so‘raymiz. Formada yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasi, sohadagi faoliyatiga doir erkin tarzda bayon qilingan kichik ma'lumotlar va ayrim savollarga to‘liq javob berish kerak bo‘ladi.

Tahririyat muharrirlari nomzodlar bilan tanishib chiqadi va tanlab olinganlar bilan telefon yoki Telegram orqali aloqaga chiqiladi. Suhbat kuni va qisqa sinov muddati kelishilgan holda belgilanadi.

Mavzuga oid