Uşbu marra Kun.uz ijodkorlari uçun yangi rağbat va ilhom manbayi bölib xizmat qiladi.

Doimiy obunaçilarimiz e’tirof etganidek, Kun.uz videomateriallar soni va sifatini yildan yilga oşirib bormoqda. Bu boradagi natijalarimiz ayniqsa 2024 yilda salmoqli böldi. Hozirda YouTube'dagi asosiy sahifamizda kuniga örtaça 5 ta video e’lon qilinmoqda.

Videohosting statistikasiga köra, yil boşidan beri kanalimizga 2 mingta video joylaştirilgan bölib, ular jami 420 million marta körilgan. Bu – ötgan yil bilan soliştirganda 60 foizga köp. Kanal obunaçilari soni esa yil davomida 770 ming nafarga yoki 35 foizga köpaygan.

Fursatdan foydalanib, barça obunaçilarimizga Kun.uz'ni tanlagani uçun samimiy minnatdorçilik bildiramiz. Sizning tanlovingiz va işonçingizni biz ulkan mas’uliyat deb qabul qilamiz.

Kun.uz jamoasi tezkor, xolis va işonçli axborot tarqatişda, videokontent salmoği va sifatini bundan keyin ham oşirib borişda davom etadi.