O‘zbekiston | 18:32 / 24.01.2021
22697
1 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narxlar: arzonlashgan pomidor va bodring, qimmatlagan o‘simlik yog‘i

Kun.uz'ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi muxbirlari markaziy dehqon bozorlaridagi 24 yanvar, yakshanba kungi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.

18 turdagi mahsulot orasidan, oldingi haftalarga nisbatan pomidor va bodring narxi pasaygan.

Vodiy bozorlarida yil boshida bodringning eng sifatlisi kilogrammi 30 ming so‘mdan qimmatroqqa sotilayotgan edi. Endi narx qariyb ikki barobar tashlagan.

Yangi yil atrofida narxida biroz o‘sish kuzatilgan tuxum ham biroz arzonlashmoqda. Sutning litri 5–6 ming so‘mdan sotilmoqda.

Go‘sht narxida o‘zgarish bo‘lmadi: joylarda mol go‘shti 55–65 ming so‘m oralig‘ida sotilayotgani, qo‘y go‘shti o‘rtacha 65–70 ming so‘m ekani kuzatildi.

O‘simlik yog‘ining bir litri ayrim joylarda 18 mingga chiqqan, paxta yog‘i narxida esa biroz pasayish kuzatilmoqda.

Mavzuga oid