Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan iqtisodiy faollik darajasini baholaş va prognoz qiliş uçun respublika avtomobil bozoridagi faollik darajasi tahlil qilindi.
2024 yilning III çoragida Özbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oşgan bölsa-da, 2023 yilgi darajada emas.
Xususan, iyul-sentabr oylarida davlat röyxatidan ötkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani taşkil qilib, II çorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) köpaydi. Biroq, bu körsatkiç 2023 yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.
Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga ta’sir etuvçi muhim omillardan biri ekanligini körsatdi.
Xususan, 2021 yil yanvar oyidan 2024 yil sentabr oyigaça bölgan davrda davlat röyxatidan ötkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi örtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), şuningdek, aholi daromadlari va avtomobillar savdosi örtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi.








