O‘zbekiston | 08:37 / 29.07.2018
71756
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi mehnat muhojirlari oldida yana qiyinchilik paydo bo‘ldi - huquqshunos

Futbol bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan Rossiyaning 11ta shahrida maxsus rejim tashkil qilingandi. Shu vaqt oralig‘ida, Rossiyada ishlaydigan ko‘plab mehnat muhojirlari kutilmagan qiyinchiliklar, asossiz deportatsiya bo‘lish holatiga duchor bo‘ldi, deydi Rossiyadagi migrantlar huquqini himoya qiluvchi huquqshunos Botirjon Shermatov. 

«Shu orada, shu yilning 8 iyun kunidan boshlab, yangi qonun ham kuchga kirdi. Avval, migrantlar yashab turgan manzili bo‘yicha yoki ishlaydigan korxona manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinishi mumkin edi. Hozir bunday emas, mehnat muhojiri ish joyi manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish uchun, o‘sha joyda yotoqxona tashkil etilgan bo‘lishi shart. 

Kuchga kirgan yangi qonun bilan juda ko‘p sonli ish joyi manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan migrantlar endilikda yashab turgan uy manzili bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tishi darkor. Masala bu bilan yakunlamayapti: uyning haqiqiy egasi talab qilingani kabi ro‘yxatdan o‘tish uchun mutasaddi tashkilotlarga borishni istamaydi. 

Bunga ko‘p sabablar bor, masalan moskvalik migrantning firibgar bo‘lib chiqishidan, uyidan ayrilib qolishi mumkinligini ro‘kach qilsa, boshqasining vaqti yo‘q. Ish beruvchilarda ham shunday muammo», deydi Shermatov.

O‘zbekistonlik huquqshunosning ta'kidlashicha, qonun shunday tuzilganki, chet el fuqarosi ro‘yxatda o‘z vaqtida o‘tishi lozim. Lekin bunday shaxslar yakka tartibda harakatlanib ro‘yxatdan o‘tolmaydi. 

Quyidagi havola orqali huquqshunos bilan intervyuni to‘liq tarzda ko‘rishingiz mumkin.

Youtube`da ko‘rish

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tas-Ix (Mover) da ko‘rish

Mavzuga oid