Fan-texnika | 19:50 / 26.12.2016
7274
2 daqiqa o‘qiladi

BMW i8 yangi yilda yangilanadi

Germaniyaning BMW kompaniyasi 2017 yilda i8 gibrid kupesini restayling va modernizatsiya qiladi. Bu haqda, o‘z manbasiga asoslangan holda BMW Blog xabar qilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, yangilangan modelda Formula Ye chempionatida qatnashgan elektr bolidning xavfsizlik tizimi qo‘llaniladi. Aslida, o‘sha poyga mashinasi ham i8 negizida barpo qilingan. 1,5 litrlik, uch silindrli ichki yonuv dvigateli hamda elektromotordan iborat agregat 362dan 377 ot kuchigacha kuchayadi. 

Hozircha, ot kuchining ortishi uning dinamikasiga qanchalik ta'sir qilishi noma'lum. BMW i8 joyidan «yuz»ga 4,4 soniyada erisha oladi, uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga yetganida elektronika bilan cheklanadi. 

Bundan tashqari, kupega litiy-ionli akkumulyatorlarning modernizatsiya qilingan to‘plami o‘rnatiladi. Uning hajmi 7,1dan 10 kilovatt-soatgacha ortadi. Ammo, bu uning harakatlanish masofasini qanchalik uzaytirishi ham ma'lum qilinmagan. Va nihoyat, BMW i8 takomillashgan podveskaga ega bo‘ladi. 


 

Mavzuga oid