O‘zbekiston | 14:49 / 07.04.2021
5580
2 daqiqa o‘qiladi

«Svet», gaz va suvdan foydalanish bo‘yicha jinoyatlarni aniqlashga oid tergov vazifalari Bosh prokuratura departamentiga yuklanadi

Joriy yilning 7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Qonunchilik palatasi majlisida bosh prokuror tomonidan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi.

Unda bir qator masalaga aloqador vazirlik va idoralarning, jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 39-1-, 381-2-moddalariga elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish bo‘yicha tergov va surishtiruv vazifalarini Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklashni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Shu bilan birga, elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish holatlari asosan joylardagi aholi tomonidan sodir etilishini inobatga olib, ularning oldini olish va surishtiruv o‘tkazish maqsadida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-3-, 248-moddalarida surishtiruvga tegishlilik hamda ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlariga taalluqliligi belgilanmoqda.
 
Avvalroq, tok, gaz va suvdan foydalanish qoidalarini buzgan fuqarolarni javobgarlikka tortish IIB xodimlari zimmasiga yuklatilishi mumkin ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid