AQShdagi eng qimmatbaho uy sotuvga qo‘yildi
AQShdagi eng qimmatbaho, narxi 160 mln dollarga baholanayotgan uy sotuvga qo‘yildi. Ta'kidlanishicha, uyni 2018 yilda ham sotishga urinishgan.

Foto: conciergeauctions.com
Concierge Auctions auksion uyi ma'lumotlariga ko‘ra, ikki qavatli hashamatli Villa Firenze villasining maydoni 6 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. U kaliforniyalik arxitektor Uilyam Xablinski tomonidan loyihalangan.
Uyda 13ta yotoqxona, 25ta vannaxona, bir nechta kamin bor. Uyning hududida, shuningdek, mehmonlar uchun mo‘ljallangan 3ta uy, basseyn, jakuzi, tennis korti va o‘z ichiga 30ta mashinani sig‘dira oladigan avtoturargoh bor. Ta'kidlanishicha, uyga 7 kishi xizmat ko‘rsatadi va ularning xizmat haqlari ham uy narxi ichiga kiritilgan.
Hashamatli uy Kaliforniyaning Nort-Beverli-Park tumanida joylashgan bo‘lib, bu yerda qo‘shiqchi Rod Styuart, aktyorlar Denzel Vashington va Silvestr Stallone yashaydi.
“Bu bitim auksionlardagi ko‘chmas mulk savdosi tarixidagi eng qimmati bo‘ladi. Uy egalari uchun uyni aynan shunday usul bilan sotish eng xavfsiz hisoblanadi”, deb aytgan auksion uyi rahbari Chad Roffers.
Uyni 2018 yilda ham sotishga urinishgan. O‘shanda uning narxi 165 mln dollarga baholangan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda "Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar - 2025" xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jamiyat | 19:00
-
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi
O‘zbekiston | 18:42
-
Boliviyada bortida besh nafar kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
Jahon | 18:39
-
YeI rossiyalik oligarx va kompaniyalarning muzlatilgan 3 milliard yevro mablag‘ini musodara qiladi
Jahon | 18:37
Mavzuga oid

17:49
Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlari o‘zgardi – CNN

16:35
Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi

14:39
Grin-karta javoblari 3 may kuni chiqadi

11:51