Qatorasiga 6 öyindan beri Abduqodir Husanov «Mançester Siti» zaxirasida qolmoqda va bu oraliqda biror daqiqa öynagani yöq. Yomon tasodif şundaki, Husanovning zaxiraga olinişi bilan Özbekistonga kelib ketişi deyarli bir vaqtga töğri keldi – tabiiy ravişda muxlislar örtasida, futbol jamoatçiligida bu ikki voqeani boğlaş avj oldi.

Abduqodir Toşkentga kelganidagi turli videolar va tadbirlar unga zarar berişi mumkinligini, matbuot keyinçalik normal holatlarda ham mana şu salbiy böyoqlarni işlatişidan xavotir bildirilgandi.

Tan oliş kerak, Husanov Mançesterga borgaç, Özbekistonda juda maşhur bölib ketdi, endi uni faqat futbol bilan yaqindan taniş bölgan, uni tuşunadiganlar emas, balki hamma taniy boşladi. Bu esa uning jamoasidagi holati töğri qabul qilinişi, töğri baho berilişi imkoniyatini pasaytirib yuboradi. Endi köpçilik köça-köyda ilgari futbol haqida suhbatlaşmagan tanişlaridan ham «Abduqodir nega tuşmayapti?», «Uni sotib yuborişar ekanmi?», «Abdurahmon bilan birga yursa şunaqa böladi-da» qabilidagi fikrlarni tez-tez eşitmoqda. Kim bilsin, hatto Abduqodirning özidan ham söray boşlaşgandir – nega maydonga tuşmayapsan, deb.

Şuning uçun mavzuga yana qaytişga qaror qildik, Abdulla Qodiriyga ters ravişda eng yoruğ kunlarga, qişning oppoq fevralini eslaymiz.

Debyut

Agar futbolga ozmi köpmi yaqin bölsangiz, Abduqodir Husanovning «Mançester Siti»ga transfer qilinişining özi ham katta voqea ekani, biz Husanovni har qança iste’dodli deb bilmaylik, bu klubga ötiş uning uçun ham katta sakraş ekanini bilardik. Şuning uçun u ilk kunlaridan boşlab asosiy tarkibda öynay boşlaşi, fevral oyida jamoasining eng yaxşi futbolçisi bölişi – ertaknamo voqelik edi.

Ammo şu bilan birga, «Mançester Siti»ning fevraldagi va bugungi holati örtasida katta farq borligini ham qayd etiş kerak. Öşanda Gvardiola ixtiyorida soğ himoyaçining özi qolmagan – buni biz Mançesterga borganiga atigi bir neça kun bölgan Husanovning «Çelsi»ga qarşi ilk daqiqalardan taşlanganidan ham bilsak böladi. Diaş jarohatda, Uoker Milanga ketgandi, keyinçalik navbati bilan Akanji, Ake va Stounz ham uzoq muddatga safdan çiqişdi. Tarkibda tört nafar sof himoyaçi – Gvardiol, Diaş hamda yangi qöşilgan Husanov va Reys qolgandi. Gvardiolada Husanovni maydonga tuşirişdan boşqa variant ham yöq edi. Husanov esa bu davrni çindan ham yaxşi ötkazdi, qisqa muddat içida öz ustunliklarini nafaqat murabbiylarga, balki butun Angliyaga va Yevropaga körsatişning uddasidan çiqdi. Endi ingliz mutaxassislari ham u haqida «Mançester Siti»ning tölaqonli a’zosi sifatida gapira boşladi. Umuman, uç oylik muddat uçun ham aslida kutganimizdan köra kattaroq qadamlar taşlab bölingan.

Taqvim

Agar fevral-mart oylarida Husanov asosiy tarkibda maydonga tuşgan raqib jamoalarga qarasak, «Çelsi», «Tottenhem», «Liverpul», «Real», «Nottinghem», «Brayton» – hammasi top yoki unga yaqin jamoalar bölib, yuqorida aytganimizdek, «Siti» ham u qadar yaxşi holatda emasdi. Tabiiyki, töp nazorati ham, kontrpressing ham yetarliça şakllanmagaç, jamoa köproq vaqt töpsiz qoladi va himoyalanişga majbur böladi. Milliy jamoalar bilan boğliq tanaffusdan söng esa birinçidan, «Mançester Siti»ning öyini yaxşi tomonga özgardi, ikkinçidan, taqvimda jamoa ança kuçsizroq, ikkinçi raqam ostida öynaydigan raqiblarga qarşi töp suradigan böldi.

Taqqoslaş uçun, öşa Husanov maydonga tuşgan öyinlarda «Siti» öyinning örtaça 56 foiz vaqtida töpni nazorat qilgan bölsa, keyingi öyinlarda bu raqam 65 foizga teng bölmoqda. «Siti» darvozasiga yöllangan zarbalar soni avvalgi öyinlarda bir öyinga örtaça 12 ta edi, hozir esa 8 tadan sal kamroq. Gvardiola şogirdlari töpga köproq egalik qilib, hujumkor öynay boşlagaç, qöşimça himoyaçidan köra, oldingi çiziqda foydali bölgan futbolçilarga köproq ehtiyoj sezilişi tabiiy.

Şuningdek, mavsum sönggida «Mançester Siti» Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun qattiq kuraş olib bormoqda. Har bir öyinda ğalaba qozoniş maqsadi qöyilgan. Bunday şartlarda Gvardiola uçun kimgadir imkoniyat beriş, yangi tajribalarni sinab köriş keyingi darajaga ötib qoladi, boşqa muddatga qoldiriladi.

Raqobat

Angliya kubogi doirasida «Bornmut»ga qarşi öyinning ikkinçi bölimida Niko ÖRayli maydonga tuşdi va uçraşuvda buriliş yasaldi. Uning çap qanotdagi işonçli harakatlari jamoaga ğalaba keltirdi. Natija uçun öynalayotgan davrda murabbiylar ğolib tarkibni almaştirişni istaşmaydi odatda. Jamoa Çempionlar Ligasini erta tark etgani tufayli «haftada bir öyin» rejimiga ötib bölgan, demak ortiqça rotatsiya qiliş ehtiyoji ham yöqolgan.

Şu örinda, Husanov aynan Niko ÖRayliga raqobatni boy berdi deb ham tuşunmaslik kerak. Qoğozda şunday, ayni paytda aynan Niko asosiy tarkibda tuşa boşladi, ammo bu yerda bilvosita raqobat, ya’ni zanjir reaksiyasi işlamoqda.

Avvaldan ma’lum ediki, Abduqodir Husanov öng markaziy himoyaçi pozitsiyasi böyiça Ruben Diaşga töğridan töğri raqobatçi hisoblanadi. Hamyurtimiz faqat mana şu nuqtaga ixtisoslaşgan, «Siti» himoya çiziğidagi eng yetakçi, eng yaxşi himoyaçi bölmiş Diaş ham aynan şu pozitsiya vakilidir. Fevral va mart oylarida himoya çiziğida yetişmovçilik tufayli Husanov öz pozitsiyasida, Diaş esa unga şerik sifatida çap-markaziy himoyada öynayotgandi. Niko ÖRayli çap qanot himoyasida öynab ketgaç, Pep Yoşko Gvardiol ham öz vaqtida markaziy himoyaçi bölganini eslab qoldi. Diaş va Husanovdan farqli ravişda Yoşko çapaqay hisoblanadi va hammaga ma’lumki, markaziy himoya tandemida murabbiylar bir önaqay, bir çapaqay futbolçidan foydalanişadi. Qisqasi, Yoşko ayni paytda markaziy himoyaning çap qismida tuşmoqda, öng markaziy himoyasi uçun esa ikki nomzod – Diaş va Husanov. Muhim öyinlarda esa tajribali Ruben tanlanişi mantiqan töğri qaror.  

Umuman olganda, raqobat nafaqat muayyan futbolçilar örtasida, balki turli taktik sxemalar, turli rejalar örtasida keçadiki, şunga qarab u yoki bu futbolçi jamoa uçun foydaliroq hisoblanişi mumkin. Pep Gvardiolaga hozirda natija keltirayotgan, oxirgi 8 öyinning 7 tasida ğalaba olib kelgan sxemada Husanovga joy topilmayotgan ekan, buni futbolçining yomon tayyorgarligi bilan boğlamaslik kerak.

Holandning jarohati

Niko ÖRayli jamoaga muvaffaqiyatli qöşilişi bilan Holandning jarohati deyarli bir paytga töğri keldi. Ma’lumki, avvaldan, Pep Gvardiola jamoalarida yarimhimoyaga urğu qaratiladi, qanot himoyaçilari ham ança yuqorida joylaşib, raqib maydonida töpni nazorat qiliş, yuqori pressing katta ahamiyat kasb etadi. «Barselona»da ham, «Mançester Siti»dagi ilk yillarda ham ikki markaziy himoyaçi va 8 yarimhimoyaçi töp surgan. Kanselu, Zinçenko kabi futbolçilarni himoyaçi deyişga til bormaydi, töğrimi?

Erling Holandning kelişi köp narsani özgartirdi. Sönggi ikki yilda Gvardiola futboli ança vertikallaşdi, tezkor hujumlar, uzun paslar uluşi ança köpaydi. Bu uslubda tabiiyki, töp nazorati pasayadi, yöqotişlar va raqib qarşi hujumlari ortadi. Şuning uçun Gvardiola vaqtinça hujumkor qanot himoyaçilaridan voz keçdi – ortda 3, hatto ba’zida 4 nafar sof markaziy himoyaçi öynay boşladi.

Buni nega eslayapmiz? Gap şundaki, Holand jarohat olgaç, Gvardiola yana eski sozlamalarga qaytişni boşladi – yaqqol hujumçi örniga insaydlar, maydon markazida son jihatdan ustunlik va albatta, hujumkor himoyaçilar. Niko ÖRayli mana şu talabga juda mos tuşadi. Qaysidir ma’noda, Niko doimiy asosiy tarkib futbolçisiga aylangani, şu sababdan Husanov zaxirada qolayotgani Holandning jarohatiga ham boğliq.

Husanov qaçon maydonga tuşadi?

Ayni paytda «Mançester Siti» 34 öyinda 61 oçko töplab, yöqotilgan oçkolar böyiça 5-örinda bormoqda. Bu pozitsiya Çempionlar Ligasi yöllanmasini taqdim etadi, ammo «Çelsi» 1 oçkolik farq bilan ta’qib qilib kelayotganini unutmaslik kerak.

Katta ehtimol bilan, sönggi turlargaça YeÇL yöllanmasi uçun kuraş davom etadi va Gvardiola ğalaba qozonib kelayotgan tarkibda özgarişlar qilmasa kerak. Hisob yiriklaşganda ham köproq oldingi çiziq futbolçilari almaştiriladi. «Siti» keyingi turlarda «Vulverhempton», «Sauthempton», «Bornmut» va «Fulhem»ga qarşi öyinlar ötkazadi. «Çelsi»ni esa «Liverpul», «Nyukasl», «MYu» va «Nottinghem» kabi raqiblar kutib turibdi. Ya’ni londonliklar avvalroq oçko yöqotib, sönggi turlarda mançesterliklar top-5 örnini naqd qiliş ehtimoli ham bor. Balki şunda sönggi turlar quruq rasmiyatçilikka aylanib, Husanov va Reys kabi yoş himoyaçilarga imkon berilişi mumkin.

Şuningdek, iyunda bölib ötadigan klublar örtasidagi jahon çempionati ham bor. FIFA klublarda har öyinda asosiy tarkibdan foydalanişni şart qilib qöygan bölsa-da, baribir ba’zi pozitsiyalarda eksperimentlar böladi, bundan taşqari, yuqorida aytganimizdek, Husanov allaqaçon hamma uçun asosiy tarkib futbolçisiga aylanib bölgan. Pep Gvardiola asosiy himoyaçi Ruben Diaşning yangi mavsumga yaxşiroq tayyor bölişi uçun Husanovni köproq öynatişi haqiqatga yaqinroq. Kelasi mavsumdan esa turli qöşimça kuboklar, turnirlar qöşiladi, albatta, rotatsiyalar böladi, Abduqodirni tez-tez maydonda körişga umid qilamiz.

Tarbiya

Yaqinda ÖFA matbuot bölimi boşliği Davron Fayziyev ham bu haqida ma’lumot berib, Husanov va uning yaqinlari bilan gaplaşgani, u bilan hammasi joyida ekani, maşğulotlar köngildagidek ketayotganini ma’lum qildi.

Albatta, hozirgi holatning pedagogik tarafi ham borligini töliq inkor qila olmaymiz. Tarbiya deganda yomon harakatni jazolaş emas, har qanday iş muhitida amalga oşiriladigan jarayon deb ham tuşuniş mumkin. Husanov hali juda yoş, u bir yil içida juda katta sakraşni amalga oşirdi. Keliboq jamoada oyning eng yaxşi öyinçisi deb topildi. Bu holatda har qanday inson özini biroz yöqotib qöyişi, reallikdan uzoqlaşişi mumkin. Abduqodir Husanovda bunday muammo borligiga işonmayman, lekin Pep Gvardiola yoki uning ştabi bu ehtimollarni ham hisobga olişi tabiiy. Ular bekorda dunyoning eng zöri emas, axir.

Demak, futbolçining ruhiy holatini muvozanatga qaytariş, bölayotgan xodisalarni töliq anglaşga şaroit yaratiş uçun ham biroz öyinlardan uzoqda tutişi ham mutlaqo futbolça qaror. «Mançester Siti»ga kelib, u yerda asosiy tarkib futbolçisi böliş bunçalik oson emasligini Husanovga tuşuntirib qöyiş lozim – futbolçining kelajagi uçun ham foydali böladi.

Q.Aslanov