Yevropa Ittifoqi öz investorlarining Rossiyadagi yöqotişlarini qoplaş uçun Rossiya kompaniyalari va jismoniy şaxslarining muzlatilgan qariyb 3 milliard yevro mablağini musodara qiladi, deya xabar berdi Reuters.

Agentlik manbalariga köra, musodara qilingan pullar ötgan yili Rossiyada qolib ketgan milliardlab yevro mablağlarning xuddi şunday musodara qilinişiga duç kelgan Ğarb kompaniyalari va fuqarolar örtasida taqsimlanadi.

Rossiya Markaziy bankining Yevropada muzlatilgan aktivlari - taxminan 200 milliard yevro - daxlsiz qoladi. Buning örniga Yevropa rasmiylari 2022 yildan keyin sanksiyalar qöllanilgan Rossiya kompaniyalari va jismoniy şaxslarining naqd pullari va qimmatli qoğozlaridagi 10 milliard yevroning bir qismini işlatişni rejalaştirmoqda.

Gap Euroclear depozitariysida muzlatilgan aktivlar haqida ketmoqda. Kompaniya joylaşgan Belgiya hukumati mart oyida Rossiya mablağlaridan foydalanişga ruxsat berdi va Euroclear ham bunday tölovlarni aprel oyida e’lon qildi. Ularni kim olişi va kimning pullari musodara qilinişi noma’lumligiça qolmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik.

Kreml öz investorlarining Yevropa Ittifoqidagi muzlatilgan aktivlarini qaytarişni talab qilgan edi: Rossiya sudlari Euroclear'ga qarşi 100 dan ortiq da’volarni qanoatlantirdi. Fevral oyida Rossiya hukumati Qöşma Ştatlar va boşqa mamlakatlarning «nodöstona xatti-harakatlari»ga javoban xorijiy aktivlarni musodara qiliş mexanizmini işlab çiqdi.

Sönggi oylarda Moskva Euroclear'ning Rossiya depozitariysida saqlanayotgan 3 milliard yevro mablağini musodara qildi. Yevropada javob tariqasida Rossiya pullarining musodara qilinişi amalda aktivlar almaşinuviga teng.