Jahon | 19:47 / 16.07.2019
10355
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya ekologiya vaziri hashamatli ziyofatlar haqidagi maqoladan so‘ng iste'foga chiqdi

Fransiya ekologiya vaziri Fransua de Ryuji iste'foga chiqdi, deb xabar berdi BFMTV. Bundan bir oz avval Mediapart nashri de Ryuji milliy assambleya spikeri lavozimini egallab turgan 2017 yil iyundan 2018 yil sentyabrgacha budjet hisobidan hashamatli ziyofatlar uyushtirgani haqida maqola chop etgandi.

Nashrning yozishicha, u Lasse qal'asidagi spikerlar qarorgohida o‘nlab marotaba ziyofat bergan. Mehmonlarga lobsterlar va bir shishasining narxi 500 (Mouton-Rotschild) hamda 550 yevro turadigan ( Château Cheval-Blanc) vinolar tortilgan. U shuningdek, xizmat appartamentlari ta'miri uchun budjetdan 63 ming yevro sarflagan va ehtiyoji bo‘lmasa ham imtiyozli stavkada munitsipal uy olgan.

Iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasida de Ryuji OAV unga qarshi hujum boshlaganini va o‘zini himoya qilish zarurati unga ishlashga xalaqit berayotganini yozgan.

Mavzuga oid