Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat boshqaruvi akademiyasida yiliga 160 nafar tinglovchi qayta tayyorlanadi
2017 yil 8 avgustdagi PF–5139-son Prezident Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentabrdagi 745-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta'limning davlat ta'lim standarti;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta'lim standarti;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan o‘qitish ta'lim usullari orqali o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim dasturlari bo‘yicha ta'lim xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 o‘quv yillarida yakunlagan bitiruvchilar uchun beriladigan davlat namunasidagi sertifikat.
Shuningdek Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 o‘quv yilida:
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan 1 yillik kurslarga 60 nafar (shundan 24 nafar – davlat granti asosida, 36 nafar - to‘lov-kontrakt asosida);
• ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan 4 oylik kurslarga davlat granti asosida 100 nafar tinglovchi o‘qishga qabul qilinadi. 4 oylik kurslarga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari qabul qilinadi hamda ushbu kurslarga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Hujjat 2017 yil 25 sentabrdan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:39 / 05.01.2026
Elektron hisobvaraq-fakturalar “past” va “yuqori” xavf toifalariga ajratiladi
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025