Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida harorat ko‘tarilib boradi
Dam olish kunlaridagi salqin havodan so‘ng hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Faqat dushanba va seshanba kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo +25…+30 daraja, ba’zi joylarda +31…+33 darajagacha isiydi.
Foto: Kun.uz
Hafta davomida havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Chorshanba kuni faqat vodiy viloyatlari bo‘yicha qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin. 24–25 aprel kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
21 aprel kuni kunduzi respublika bo‘yicha harorat +20…+25 daraja, ish haftasi oxiriga kelib +25…+30 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +31…+33 darajagacha bo‘ladi.
Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi, 24–25 aprelda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. 21–22 aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kechga tomon va ertaga kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati +21…+24 daraja bo‘ladi. 23–25 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +25…+28 darajagacha ko‘tariladi, kechalari +12…+15 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Mavzuga oid
10:29 / 19.02.2026
Kutilayotgan yomg‘irlar: tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi mumkin
10:35 / 16.02.2026
Hafta davomida harorat +25 darajagacha isishi kutilmoqda
10:32 / 16.02.2026
Qator viloyatlarda sel va suv toshqinlari bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilindi
14:33 / 14.02.2026