Jizzaxda yaşin tuşgani haqidagi xabar ortidan agentlik va hokimlik ma’lumoti bir-birini rad etib qoldi.
Özgidromet 13 fevral kuni soat 22:05 da Foriş tumani Yangiqişloq şaharçasidan ötgan avtomobil yöliga yaşin tuşgani haqida xabar berdi. Agentlik xabarga qöşimça ravişda göyoki voqea joyidan olinganini anglatuvçi suratni e’lon qilgan va hodisa oqibatida heç qanday talafotlar kuzatilmaganini bildirgan.
Holat yuzasidan Foriş tumani hokimligi rasmiy munosabat berdi. Hokimlik öz munosabatida Özgidromet xabarini rad etgan.
“Foriş tumani hokimligi rasmiy manbalariga köra, uşbu video va fotosuratlar haqiqatga töğri kelmaydi. Ularda aks etgan holat tuman markazida sodir bölgan voqeani ifodalamaydi. Ma’lum qilinişiça, tarqalgan tasvirlar sun’iy intellekt orqali yaratilgan bölib, voqelikka mos emas, deyiladi hokimlik xabarida.
Biroq hokimlikning rasmiy manbalari sifatida kim yoki qaysi taşkilot nazarda tutilgani oçiqlanmagan.
Şuningdek, hokimlik aholidan tasdiqlanmagan va asossiz ma’lumotlarga işonmaslik, rasmiy manbalarga tayaniş hamda yolğon axborotlarni tarqatmaslikni söragan. “Işonçli ma’lumotlarni faqat rasmiy axborot kanallari orqali oliş tavsiya etiladi”, deya qöşimça qilingan ramiy munosabatda.
Avvalroq Foriş hokimligi tumanda “kuçli yaşin” kuzatilganini rad etgani xabar qilingandi.








