O‘zbekiston | 13:25 / 08.04.2023
11790
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan tibbiy ilm-fan va ta’lim sohasiga chuqur e’tibor qaratib kelinmoqda. Talabalarda professional ko‘nikmalarni shakllantirish va kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish maqsadida Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Foto: Toshkent davlat stomatologiya instituti

Ushbu olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi va filiallari, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Andijon, Buxoro va Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutlari, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, shuningdek, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon davlatlarining yetakchi tibbiy oliy ta’lim muassasalarining davolash, stomatologiya, pediatriya va tibbiy – pedagogik ta’lim yo‘nalishlarining 500 dan ortiq talabalari ishtirok etmoqda.

Olimpiada musobaqalari OTM videotaqdimotlari, ilmiy-amaliy konferensiya, stomatologiya va davolash ishi, fundamental fanlar, virtual tibbiyot yo‘nalishlarini va ijodiy chiqishlar kabi 41 ortiq tanlovlarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur tanlovlarni baholashda MDH yetakchi ta’lim muassasalari 50 ortiq professor – o‘qituvchilari va respublika ilmiy markazlari mutaxassislari hakamlik qilishmoqda.

Farovon hayotimiz va taraqqiyotimizning asosiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum ostonasida o‘tkazilayotgan olimpiada stomatologiya instituti jamoasi uchun qo‘shaloq bayramga aylandi.

Olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlar, bo‘lajak shifokorlarni o‘z bilim va ko‘nikmalarini puxta egallab, yurtimizdagi tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarshga, ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanadilar. 

Toshkent davlat stomatologiya instituti Matbuot xizmati

Mavzuga oid