Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda maktablarga hujum qilish uchun bolalarni shug‘ullantirgan guruh hibsga olindi
Foto: David Goldman/AP
AQShning Nyu-Meksiko shtatida Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari Qo‘shma Shtatlardagi maktablarga hujumlar qilishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan besh nafar shaxsni hibsga oldi. Bu haqda Amerikaning Fox News telekanali xabar bermoqda.
Shuningdek, ushbu shaxslar qo‘lga olingan hududda uch yoshli bolaning jasad qoldiqlari topilgan. Qo‘lga olinganlardan biri uning otasi yoki onasi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Amerika razvedka xizmatlari ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxslar Amerika maktablarida otishma sodir etishi maqsadida bolalarni shug‘ullantirgan. Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchilar bolalarga o‘qotar qurollardan foydalanish va taktika asoslarini o‘rgatishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uyning hovlisida 11 nafar bolani topishgan, ular qo‘lga olingan shaxslarning farzandlari bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:00 / 25.12.2025
Makron YeI qonuni sabab kiritilgan AQSh sanksiyalarini qoraladi
22:54 / 24.12.2025
Rossiya Ukraina bo‘yicha 20 banddan iborat tinchlik rejasini rad etdi
15:25 / 24.12.2025
1 yanvardan AQSh fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirishi mumkin bo‘ladi
09:40 / 24.12.2025