SamAuto pikaplar qatorini yangiladi: travel-kvest finali va ISUZU D-MAXʼning butunlay yangi avlodi taqdimoti
Jamoalar uch oy davomida bosh sovrin uchun kurash olib bordilar vanihoyat, asosiy savolga javob topildi: yangilangan ISUZU D-MAX IRBIS LSE pikapi kimga nasib qildi?
25 noyabr kuni Toshkentda D-MAX quest keng ko‘lamli kvestining finali bo‘lib o‘tdi. Bu SamAuto kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston hududida o‘tkazilayotgan ikkinchi travel-kvesti hisoblanadi. Bu yil qatnashish uchun 2200 kishi ariza topshirdi, to‘liq ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar soni esa 209 taga yetdi.
D-MAX quest finali
Uch oy davomida qatnashchi jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib bordilar va jamoaviy ishlashga, «qulaylik hududidan» chiqishga o‘rganishdi, mantiq va chaqqonlikka oid topshiriqlarni bajardilar. Sinovlar qatnashchilar aniqlab, topib borishlari kerak bo‘lgan manzillarda o‘tkazildi. Bu davr davomida jamoalar Yangiobod tog‘larida, Sarmishsoy darasining qadimiy qoyalarida, Tuzkon tuzli ko‘li sohillarida, Chingizxon kanonidagi Marsnikiga o‘xshash manzaralarda uchrashdilar.
Loyihaning rasmiy homiysi Ipak Yo‘li banki, axborot hamkorlari esa – UzReport telekanali va Repost.uz nashri bo‘ldi, shuningdek loyihani Total va Megamix qo‘llab-quvvatladi.
Finalgacha ikkita eng matonatli, maqsadga intilgan va bahamjihat jamoalar yetib keldi: «Brigada» va «Koryoin». Qizg‘in kurash bilan o‘tgan ikkinchi D-MAX questʼda «Koryoin» jamoasi g‘alaba qozondi.
Yangi avlod ISUZU D-MAX pikaplari
Tadbir yangi avlod pikaplarining taqdimoti bilan boshlandi: bu yil SamAuto mehmonlarga kengaytirilgan rang palitrasidagi ISUZU D-MAX IRBIS LS/LSE, ISUZU D-MAX OKSUS/OKSUS LS va ISUZU D-MAX SAHAR yangi modifikatsiyalarini taqdim etdi. Aynan konveyerdan endigina chiqqan, full-komplektatsiyadagi yorqin-olovrang ISUZU D-MAX IRBIS LSE pikapiga g‘olib jamoa ega bo‘ldi.
ISUZU D-MAX pikaplari Samarqanddagi ulkan SamAuto avtozavodida chiqariladi, u O‘zbekistondagi yuk avtomobillari, maxsus texnika va yo‘lovchi transport vositalari ishlab chiqarishning yetakchilaridan biri sanaladi.
“ISUZU D-MAX pikaplari bu – eng yaxshi do‘st hamda har kuni va har qanday vaziyatda: shahar sharoitida, qishloq xo‘jaligida, yo‘lsiz tog‘larda bebaho yordamchidir. Ishonchli va manyovrchan avtomobil ekin ekish yoki yig‘ishtirish mavsumida, bog‘da yoki dalada tengsiz. Bunday darajadagi mashina bilan uzoq muddatli avtosayohatga otlanish, tog‘ga chiqish yoki mamlakatizdagi nostandart sayyohlik manzillarini ziyorat qilish mumkin. Bugun biz ISUZU D-MAXʼning beshta komplektatsiyasini taqdim etdik, ular mahalliy yo‘l va iqlimning ekspluatatsion sharoitiga ajoyib tarzda moslashtirilgan. Yangi pikaplarning asosiy afzalliklaridan biri kafolat bo‘lib qoladi: u ikki yilga yoki 100 ming km yurishga beriladi; asl ehtiyot qismlar va moylash materiallaridan foydalanilganda, servislararo interval 20 000 kmni tashkil qiladi. Aminmizki, kvest finali va yangilangan modellar taqdimoti O‘zbekistonda pikaplar tarixining yangi bosqichining yorqin boshlanishi bo‘ladi”, - dedi bosh direktor o‘rinbosari Ilhomjon Yarashev.
2023 yilgi yangilangan, modernizatsiyalangan energiyasig‘imli osmaga ega ISUZU D-MAX pikaplari ancha texnologik qulay va yumshoq boshqariladigan bo‘ldi, natijada rulni boshqarishda butunlay boshqacha hislar qamrab oladi. Texnik xususiyatlariga ko‘ra, avtomobil bozordagi boshqa avtolardan kuchaytirilgan aerodinamikasi, qudratli dvigateli, yuqori o‘tuvchanligi (kechuv chuqurligi – 800 mmgacha), oshirilgan yuk ko‘taruvchanligi, katta sig‘imga egaligi, har qanday yo‘lda yaxshi boshqarilishi bilan yaqqol ajralib turadi.
ISUZU D-MAX IRBIS LSE pikapida ko‘p funksiyali bort kompyuteri, diagonali 9 dyuymli multimedia tizimi va hajmli ovozga ega yangi musiqa tizimi paydo bo‘ldi. Xavfsizlikka katta e’tibor berilgan. Avtomobil IDAS innovatsion paketi bilan ta’minlangan, u pikap haydovchisi va yo‘lovchilari uchun har tomonlama himoyani ta’minlaydi. Unga quyidagi tizimlar kiradi:
● avtonom shoshilinch tormozlanish — to‘qnashuvning oldini olish yoki oqibatlarini kamaytirishga yordam beradi;
● ko‘rinmas zonalar monitoringi — ko‘rinmas joylardagi avtomobillarni aniqlaydi va haydovchiga xabar beradi;
● moslashuvchan kruiz-nazorat — avtomatik ravishda avtomobil tezligini boshqaradi, avtomobillar orasida berilgan masofani ushlab turadi;
● old tomondan to‘qnashuv haqidagi ogohlantirish — avtomobildan oldindagi yo‘l harakati qatnashchilarini kuzatib boradi va to‘qnashish xatari haqida ogohlantiradi;
● egallab turilgan yo‘l kesimidan chiqish haqida ogohlantirish — haydovchini avtomobil yo‘ldan chetga chiqishida xabardor qiladi;
● burilishdagi avtonom tormozlanish — yo‘llarni kesib o‘tishda yuzma-yuz yaqinlashib kelayotgan avtomobil va u bilan muqarrar to‘qnashishda faollashadi;
● orqadagi kesishmali harakatlanish monitoringi — orqaga yurishda masofani nazorat qiladi, chap yoki o‘ngdan obekt yaqinlashishida vizual va ovozli ogohlantirishni ta’minlaydi.
To‘rt taktli dizel dvigateliga ega, ishonchli va tezkor ISUZU D-MAX klassik yo‘ltanlamaslari yo‘lsiz joylarda, qishloq va shahar yo‘llarida yurishga mo‘ljallangan. Yerdan oraliqning kattaligi va 6 bosqichli uzatmalar qutisi haydovchiga rulda o‘zini maksimal dadil his qilish imkonini beradi.
ISUZU D-MAX pikaplarini xarid qilish masalalari bo‘yicha dilerlik markazlariga yoki +998 78 140-80-00 telefon raqami orqali SamAuto Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
D-MAX quest bosqichlari foto va videosini SamAuto Instagram sahifasida va YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
17:00 / 31.10.2024
SamAuto “Komtrans Tashkent 2024” ko‘rgazmasida O‘zbekistondagi eng yangi past polli avtobus prototipini taqdim etdi
19:00 / 23.10.2023
SamAuto'dan D-MAX quest ishtirokchilari: «Endi hatto arzimagan sa’y-harakatlar ham dunyoni o‘zgartira olishiga amin bo‘ldik»
15:15 / 19.12.2022
UzAuto'ga subsidiya 3,5 barobarga oshadi
17:04 / 19.11.2020