SamAuto ikki yil ichida elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi
Bugun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrobus Toshkent shahrida sinov tariqasida yo‘lga chiqdi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
2020 yil 19 noyabr kuni SamAuto kompaniyasi 51-yo‘nalish (Yunusobod 6-mavze – Beshyog‘och maydoni) bo‘yicha harakatlanadigan sinov elektrobusini «Toshshahartransxizmat» AJga taqdim etdi.
Ekspluatatsiya jarayonida SamAuto mutaxassislari o‘z elektrobusini ishlab chiqishda hisobga olish maqsadida yo‘lovchilar va haydovchilarning fikrlarini, shuningdek mazkur modelning sifati va funksional vazifalarini o‘rganadi va ularning monitoringini olib boradi.
Qayd etilishicha, SamAuto 2021-2022 yillarda elektrobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Yo‘lovchilarning ushbu turdagi transportga talablarini aniqlash uchun kompaniya «Toshshahartransxizmat» AJga sinov elektrobusini taqdim etdi.
«Ushbu elektrobus elektrotransport ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Bir martalik quvvatlantirish hisobiga 300 km masofani bosib o‘tadi, bu shahar avtobusining o‘rtacha bir kunlik masofa bosishiga mos keladi. To‘liq quvvatlantirishni elektr tarmog‘iga yuklama kamroq bo‘lgan paytda 3-4 soat ichida bajarish mumkin. Elektrobuslar xizmat ko‘rsatish jihatidan sodda, shovqinsiz hamda gaz va dizel transportiga qaraganda kam xarajat talab qiladi», — dedi SamAuto bosh direktori o‘rinbosari, marketing va sotuvlar bo‘limi rahbari Ilhom Yarashev.
Elektrobusning uzunligi 12 metrni, yo‘lovchilarni tashish hajmi — 76 kishini tashkil qiladi. Uning poli past: zinapoyalar va podiumning yo‘qligi tufayli yo‘lovchilar (shu jumladan pensionerlar, aravachalarda harakatlanuvchi yo‘lovchilar, alohida ehtiyojli kishilar) salon bo‘yicha erkin harakatlana oladilar. Shuningdek, elektrobus videokuzatuv kamerasi va avtomatik havo namligini saqlash va isitish tizimi bilan jihozlangan.
2030 yilgacha Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston ijtimoiy transportining kamida 50 foizi zararli moddalarni havoga chiqarishni kamaytirish uchun muqobil yoqilg‘i turlariga o‘tishi kerak.
Ertaga, 20 noyabr kunidan boshlab yo‘lovchilar ushbu elektrobus xizmatidan foydalanishlari uchun «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan 51-sonli (Yunusobod 6-mavze – Beshyog‘och dahasi) yo‘nalishga chiqariladi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin “Yalta 2.0”ga erisha oladimi? Qrimdagi konferensiyada nima bo‘lgan?
Jahon | 19:20
-
AQSh Xitoyga tegishli 50 ta kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi
Jahon | 19:04
-
O‘zbekistonda gaz qazib olish va elektr energiyasi ishlab chiqarish qisqardi
O‘zbekiston | 18:32
-
Endi shaharsozlik qonunchiligining odam o‘limiga sabab bo‘lgan tarzda buzilishi jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi
O‘zbekiston | 18:29
Mavzuga oid

11:50 / 08.02.2025
Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi

08:30 / 13.01.2025
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi

20:43 / 08.12.2024
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

09:28 / 08.11.2024