O‘zbekistondagi yetakchi tijorat avtomobillar ishlab chiqaruvchisi – Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) Toshkentda 23-25 oktyabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tgan “Komtrans Tashkent 2024” xalqaro ko‘rgazmasida qatnashdi. Kompaniya keng mahsulot assortimentini, jumladan eng yangi ishlanmalarni namoyish qildi. SamAuto stendidagi asosiy tadbirlardan biri SAZ LF70 avtobusi prototipining taqdimoti bo‘ldi.

Siqilgan tabiiy gazdagi SAZ LF70 prototipi
SamAuto taqdim etgan SAZ LF70 avtobusining prototipi – bu “SamAuto”ning eng yangi o‘z ishlanmasi. Tejamkor va ekologik toza to‘qqiz metrli past polli avtobus siqilgan tabiiy gaz (CNG)da harakatlanadi. U ISUZU dvigateli, Allison avtomatik uzatmalar qutisi, Italiyaning BRIST kompaniyasi ko‘priklari va Wabco tormoz tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu ishonchlilikni, yuqori ekspluatatsiya resursi va foydalanishning xavfsizligini ta’minlaydi. SAZ LF70 modeli kam mobil yo‘lovchilar uchun qulay “kneeling” tizimi bilan jihozlangan: bekatlarda yo‘lovchi chiqarish va tushirishda kuzov eshik tomonga egilib “o‘tiradi”.
Yo‘lovchi sig‘imi oshirilgan shahar past polli avtobusi (70 kishi, jumladan 26 ta o‘tirish joyi) BMT YIK xalqaro qoidalari talablariga muvofiq, shahar yo‘nalishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan. Aynan shu sababli, tashlamalar darajasi va ekspluatatsiya sarflarining kamayishi uni yirik shaharlar avtotransport korxonalari uchun ideal tanlovga aylantiradi.

SAZ LF70 avtobusining texnik xarakteristikasi:
Gabaritlar: 9410 x 2550 x 3452 mm. Qatorlama o‘n olti silindrli ekologik “Yevro-5” toifasiga mansub dvigatel, ishchi hajmi – 7 790 kub sm, avtomatik olti bosqichli uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. CNG -1/ CNG -3 toifasidagi beshta ballonga quyiladigan tabiiy gaz hajmi, 200 bar bosimda, 725 litr yoki 145 kub/m, bu avtobusga bitta yoqilg‘i quyishda 300 km yurish imkonini beradi.
Prototip yuksak aniqlikda taqdim etilgan, bu mahsulotning potensial foydalanuvchilariga barcha asosiy funksiyalarning ishga layoqatliligini tekshirish imkonini beradi. Ko‘rgazma davomida SamAuto mutaxassislari, bozor talablari va buyurtmachilar istaklarini inobatga olgan holda, SAZ LF70 CNG prototipining modifikatsiyalari va opsiyalar to‘plamini muhokama qilish uchun, mijozlar va hamkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan. SAZ LF70 avtobusining prototipi bilan bir vaqtda, kompaniyada SAZ LF70 EV elektrobusini ishlab chiqish davom etmoqda. Kompaniya transport operatorlari uchun maksimal samarali yechimlar yaratish maqsadida ekspluatatsiya qilishning barcha xususiyatlarini hisobga olishga intiladi.

















