Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin ota-onasi boshiga tushgan ko‘rgilik haqida gapirib berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida Ikkinchi jahon urushi vaqtida ota-onasining boshiga tushgan ko‘rgilik haqida gapirib berdi. Putinning aytishicha, uning ota-onasi ungacha ikki farzandini yo‘qotgan.
"Men ularda kech tug‘ilgan farzand bo‘lganman, ular mengacha ikki farzandlarini yo‘qotishgan, ularning biridan urush vaqtida, Leningrad qamali vaqtida ayrilishgan", deb o‘z oilasidagi fojia haqida gapirib berdi Putin.
Putin otasi Ikkinchi jahon urushidagi xizmatini maxsus bo‘linmada boshlagani, so‘ngra Leningrad frontining eng og‘ir qismlaridan biriga yuborilgani haqida so‘zlab berdi.
Putin shu intervyusida Rossiya ko‘plab boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, hech qachon boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmasligini ta'kidlab o‘tdi.
12 iyunda AQShning Showtime kabel telekanalida Stounning "Putin bilan intervyu" nomli 4 seriyali hujjatli filmi birinchi qismining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026