Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 mart kuni yirik biznes vakillari bilan yopiq uçraşuv ötkazdi. The Bell va Financial Times naşrlari manbalariga köra, uçraşuvda tadbirkorlarga Ukraina bilan uruşni moliyalaştiriş uçun budjetga xayriya qiliş taklif qilingan.
«Uruş uçun pul yiğiş» taklifi yangragan yopiq uçraşuv haqida birinçi bölib The Bell naşri xabar tarqatdi. Naşr manbalariga köra, Putin bu uçraşuvni Rossiya sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi qurultoyidan keyin ötkazgan.
Bunday uçraşuvlar mazmuni odatda oşkor qilinmaydi, uruş davrida esa iştirokçilar röyxati ham maxfiylaştirildi. The Bell suhbatdoşlari esa bu safar Putin oligarxlar bilan Ukrainadagi uruşni davom ettiriş va uni moliyalaştiriş masalalarini muhokama qilgani haqida aytib berişgan.
«Jang qilamiz, deyildi», – deya Putinning çiqişidan qisqaça xulosani keltiradi naşr suhbatdoşlaridan biri.
«Donbass çegarasigaça boramiz», – deya Rossyai prezidentining sözlarini keltirgan The Bell’ning boşqa bir suhbatdoşi.
Britaniyaning Financial Times naşri manbalari ham Putinning çiqişida şu gaplar aytilganini tasdiqlagan. Ularning sözlariga köra, prezident biznesmenlarga Rossiya Donbass hududlarini töliq egallab olmaguniça Ukrainada uruşni davom ettirişini aytgan va buni Kiyev AQŞ vositaçiligida ötkazilgan sönggi muzokaralarda Kiyev öz qöşinlarini Donetsk oblastidan olib çiqişdan boş tortgani bilan izohlagan.
FT suhbatdoşlaridan birining aytişiça, Putin avvaliga Donbassni «harbiylardan xoli hudud» yoki AQŞ şa’feligidagi «maxsus iqtisodiy zona»ga aylantiriş ğoyasini qöllab-quvvatlagan, ammo Kiyev bu regionni topşiriş özi uçun qizil çiziq ekanini bildirgaç, bu ğoyadan ham voz keçgan.
The Bell manbalariga köra, «mamlakat uçun oğir pallada biznesni silkitiş» ğoyasi «Rosneft» rahbari Igor Seçinga tegişli. Uçraşuvdan oldin prezidentga yozgan maktubida u harbiy federal zayom obligatsiyalarini joylaştiriş orqali mablağ jalb etiş taklifini bayon qilgan.
Financial Times Putinning iltimosini rad etiş aqlga siğmasligini qayd etgan: «Mamlakatning biznes elitasi uruş va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siridan xavotirlarga qaramay, prezident atrofida jipslaşdi».
Naşrlarga köra, kamida ikki oligarx Putinga budjetni moliyalaştiriş uçun ixtiyoriy ravişda badal tölaşdan mamnun bölişini bildirgan.
The Bell ulardan birining familiyasini keltirgan – milliardera Suleyman Kerimov davlat xazinasiga 100 mlrd rubl ötkazib berişni va’da qilgan.










