Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ye-auksion 76 mingdan ortiq yer uchastkalarini taklif etadi
Foto: Ye-auksion
«E-auksion» elektron savdo platformasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini sotib olish va ijaraga olishga chaqiradi. Platformada bugungi kunda 76 mingdan ortiq yer uchastkalari savdoda turibdi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan quyidagi yer uchastkalari uchun onlayn auksion savdosi o‘tkaziladi:
- 35005 ta tadbirkorlik uchun yerlar;
- 951 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar;
- 871 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar;
- 296 ta ko‘p qavatli turar joy uchun yerlar;
- 129 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar;
- 79 ta uy-joy qurish uchun yerlar;
- 35 ta Yangi O‘zbekiston massivlari uchun yerlar;
- 32 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi xizmat ko‘rsatish joylari uchun yerlar
- 16 ta nodavlat umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yerlar.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun mo‘ljallangan quyidagi toifa yer maydonlari ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi:
- 38028 ta dehqon xo‘jaligi uchun yerlar;
- 622 ta qishloq xo‘jaligi uchun yerlar.
Ayrim turdagi yer uchastkalari uchun bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.
Sayt: e-auksion.uz
Telefon: +998 (71) 202-21-11
Telegram -kanal: @onlineauksionuz
Reklama