O‘zbekiston | 07:21 / 22.04.2020
14164
2 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat protsessiga aloqador yangi amaliyotlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyati yanada takomillashtiriladi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 iyuldan boshlab:

jinoyat ishini sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchilar ko‘rsatuvlarini obektiv sabablarga ko‘ra kechroq so‘roq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularning ko‘rsatuvlari sudlar tomonidan oldindan mustahkamlab qo‘yilishi (deponirovaniye qilinishi) mumkin;

ma'lum bir jinoyat ishi bo‘yicha guvoh va jabrlanuvchilar ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yishda (deponirovaniye qilishda) ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishining mazmunan ko‘rib chiqilishida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

jinoyat protsessida sudlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga nisbatan “muayyan harakatlarni taqiqlash” ehtiyot chorasi qo‘llaniladi;

tanib olish uchun ko‘rsatish, davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan obektlar yoki ashyolarni ko‘zdan kechirish, xonadon yoki bino egalarining ishtirokisiz tintuv o‘tkazishdan tashqari boshqa protsessual harakatlarni xolislar ishtirokisiz videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavzuga oid