25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida röy bergan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokati böyiça tergovning dastlabki natijalari 30 kun içida e’lon qilinadi. Bu haqda 31 dekabr, seşanba kuni Qozoğiston transport vaziri örinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, bunday davr «umuman olganda, standartlarga muvofiq».

Lastayevning aytişiça, hozirda tergovning dala bosqiçi davom etmoqda — halokat joyida qulagan samolyotning bölaklari va boşqa aşyoviy dalillar yiğilmoqda. Barça aşyoviy dalillar Oqtov aeroportidagi maxsus angarda töplanadi, mutaxassislar u yerda tahlil qiladi.

Qozoğiston Transport vazirligi, şuningdek, Oqtovga xorijiy ekspertlar, jumladan, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO), aviahalokatlarni tekşiriş va oldini oliş markazi (CENIPA) xodimlari kelgani haqida xabar berdi. Embraer samolyotini işlab çiqaruvçi davlat - Braziliyaga halokatga uçragan samolyotning qora qutilari mutaxassislar tomonidan ekspertiza uçun yuborildi.

Qozoğiston AZAL samolyotining qora qutilarini Braziliyaga jönatdi

Azerbaijan Airlines samolyotining Oqtov yaqinida qulaşi sabablarini örganuvçi komissiya Braziliyaga jönab ketdi. Bu haqda 30 dekabr kuni Qozoğiston Transport vazirligining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Unga köra, qora qutilar Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekşiriş va oldini oliş markazi (CENIPA)ga yetkaziladi.

Embraer Braziliya kompaniyasining samolyotidan olingan parvoz yozuvlari ma’lumotlarni oliş uçun Janubiy Amerika davlatiga yuborildi, deb xabar qildi Reuters Braziliya harbiy-havo kuçlari bayonotiga tayanib.

Bortda ovoz yoziş moslamasi va parvoz ma’lumotlarini yoziş moslamasidan olingan ma’lumotlar Braziliya aviatadqiqotçilarining laboratoriyasida qayta işlanadi va bu jarayon Qozoğiston, Rossiya va Ozarboyjon vakillari tomonidan nazorat qilinadi. Braziliya harbiy-havo kuçlariga köra, yozuvlar 31 dekabr kuni yetkaziladi.