Toşkent şahrining Sayilgoh köçasida daraxtlarni noqonuniy köçiriş bilan boğliq holatga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi qumga tomgan tomçi kabi mavhumlik içiga “singib” ketdi: işning natijasi, körilgan çora yoki qöllangan jazo oşkor etilmayapti. Göyoki jinot işi qonunçilikni ta’minlaş emas, daraxtkuşligi ortidan jamoatçilik ta’qibida qolganlarni “qutqarib qoliş” uçun qözğatilgandek.

Joriy yil 22 may kuni Toşkent şahri markazidagi Sayilgoh köçasidan ustiga yaşil mato yopib olib çiqib ketilayotgan daraxtlar videosi tarqaldi. Daraxtlar sobiq Milliy xavfsizlik xizmati binosi hududidan olinib, Toşkent viloyatining Qibray tumani Mirzo Uluğbek şaharçasidagi anhor böyiga köçirib ötqazilgan.

Voqea ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgaç, Ekologiya partiyasi Boş prokuratura va atrof-muhitni muhofaza qilişga mas’ul davlat taşkilotlaridan zudlik bilan holatga çora körişni söradi. Şundan keyin Ekologiya vazirligining Toşkent şahar boşqarmasi örganiş boşlaganini ma’lum qildi.

Ikki haftadan söng esa uşbu daraxtlar noqonuniy köçirib ketilgani böyiça jinoyat işi oçildi. Bu haqda Boş prokuratura ma’lum qildi.

Prokuraturaning tasdiqlaşiça, Yunusobod tumanidagi Sayilgoh köçasi 1-uy manzilida olib borilayotgan quriliş loyihasi doirasida “Muna Mag” MÇJ tomonidan soğlom ösib turgan jami 53 tup qimmatbaho navli köp yillik daraxtlar (eman, qarağay, aylantus va boşqalar) belgilangan talablarga zid ravişda noqonuniy ravişda köçirib olib ketilgan.

“Holat yuzasidan daraxtlarni noqonuniy köçirgan xöjalik yurituvçi sub’yekt mas’ullari va bunga imkoniyat yaratib bergan mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda. Jinoyat işi Boş prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan”, deyilgandi Boş prokuratura axborotida.

Jinoyat protsessual kodeksiga köra, dastlabki tergov jinoyat işi qözğatilgan kundan boşlab uç oydan oşmagan muddatda tamomlanişi lozim. Bu vaqt içida tergov organi işni ayblov xulosasi bilan yakunlab sudga oşiriş, ayblilik masalasini hal qilmay turib tugatiş yoki tergovni töxtatiş töğrisida qaror (lardan birini) qabul qilişi lozim.