O‘zbekiston | 13:09 / 16.08.2022
10433
1 daqiqa o‘qiladi

Ma’muriy organ mansabdor shaxslari qarori ustidan sudga shikoyat qilish muddati 6 oyga uzaytiriladi

Ma’muriy organ va fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxslari qarori va harakati ustidan sudga shikoyat qilish muddati olti oyga uzaytiriladi.

Aziz Obidov / Foto: AOKA

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov sudga murojaat qilishni yanada erkinlashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub’yektlari apellyatsiya shikoyati berish muddatini ham olti oyga uzaytirish taklif qilinmoqda.

Fuqarolar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli idoralar xatti-harakatlari ustidan ma’muriy sudlarga beriladigan arizalar uchun undiriladigan davlat boji miqdorini kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Amaldagi qonunlarga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar buzilgan huquq va manfaatlari sudlar orqali himoya qilinishi imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid