Tuman (şahar) yoki viloyat sudining raisi sudyani işga olişga yoki uni intizomiy jazolaşga vakolatli emas. Işlar elektron tarzda taqsimlanadi. Sudyaning intizomi ustidan nazorat Sudyalar oliy kengaşi va sudyalar malaka hay’atida. Sudlarni moddiy ta’minlovçi alohida departament ham bor.

Sudga ta’sir odatda ayrim mansabdor şaxslar tomonidan öşa sud raisiga çiqiş orqali böladi. Sud raisi köpinça tumanning yoki viloyat bölsa, viloyat rahbarlari bilan birga böladi, birga tadbirlarda qatnaşadi. Va u orada ijobiy yaqinlaşuv, "yuzdan ötolmaslik", özaro hurmat munosabatlari şakllanadi. Tabiiyki, bunda özidan bevosita yuqorida turuvçi raisga böysunadigan sudyaga ta’sir bölişi mumkin. Şunday ekan tuman (şahar), Toşkent şahri va viloyatlar sudlariga rais lavozimi qançalik kerak? Kun.uz'ning sudlar mustaqilligi haqidagi suhbatida şu masala ham muhokama qilindi.

Yaqinda juda köp miqdorda özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş, bezorilik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatlarini sodir etgani yuzasidan jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudi hukmi bilan 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Akmal Şukurov apellyatsiyada ozodlikka çiqarib yuborilgani tanqidlarga sabab bölgandi.

Jamoatçilikning keng muhokamasidan söng, jinoyat işi Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan kiritilgan protest asosida taftiş instansiyasida qayta körib çiqilgan va Akmal Şukurovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, u qamoqqa qaytarilgandi.

Şukurov birinçi instansiya hukmidan norozi bölib, sudga qilgan apellyatsiya şikoyati apellyatsiya instansiyasining sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turğunova tomonidan körib çiqilgan. Birinçi instansiya sudining hukmini özgartiriş, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştiriş töğrisidagi xulosaga kelişgan.