O‘zbekiston | 08:12 / 21.06.2021
13028
2 daqiqa o‘qiladi
Vazirlar Mahkamasi apparatining ijro etuvchi tuzilmasi yangilandi
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
29ta hujjat tasdiqlandi. Ular orasida - quyidagi tuzilmalar:
- Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 269 nafar va texnik xodimlar (inspektorlar) soni 52 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi;
- Bosh vazirning kotibiyati, protokol xizmati va matbuot xizmatining tuzilmalari;
- Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi Vakolatli vakili kotibiyatining tuzilmasi;
- Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining tuzilmasi;
- harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy- texnik ta'minlash bo‘limining tuzilmasi.
Misol uchun, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati shtatiga quyidagilar kiradi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qabulxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis - 1 birlik;
- tumanlar va shaharlardagi qabulxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis - 1 birlik;
- Prezident huzuridagi tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Hisob palatasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bosh mutaxassis - 1 birlik;
- inspektor - 1 birlik.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 15.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
11:49 / 20.11.2024