«Made in Uzbekistan» eksport ko‘rgazma-yarmarkasiga start berildi
27 noyabr kuni Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz»da birinchi «Made in Uzbekistan» eksport ko‘rgazma-yarmarkasiga start berildi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan «O‘zekspomarkaz» AJ MKM va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 30 noyabrga qadar davom etadi.

«Made in Uzbekistan» ko‘rgazmasining asosiy maqsadi – mahalliy korxonalar tomonidan eksport uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarni namoyish etish, eksport kontraktlari to‘plamlarini oldindan shakllantirish, O‘zbekistonning eksport salohiyatini kengaytirish hamda xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash.
Ko‘rgazmada 150dan ortiq mahalliy korxonaning tekstil, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, meva-sabzavotlar, elektrotexnika va kabel mahsulotlari, avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi, metallurgiya, neft-kimyo va boshqa turdagi tayyor mahsulotlari namoyish etilmoqda.







Tadbir doirasida sanoat sohasi taraqqiyoti va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatiga oid qator konferensiyalar bo‘lib o‘tmoqda.

Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida ishbilarmonlar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, shartnomalar tuzish bilan birga yirik sanoat korxonalariga tashrif buyurish imkoniyatlari mavjud. Ushbu tadbirlarda Yevropa, Markaziy Osiyo, Rossiya, Ukraina, Afg‘oniston, BAA, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQSh va boshqa davlatlardan mingdan ziyod xorijiy korxonalar, O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy hamkorlari vakillari ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid

11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?

09:38 / 26.04.2025
Eco Expo Central Asia: Toshkentda ilk bor ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

12:47 / 17.03.2025