19–21 iyun kunlari Özbekiston poytaxti yaşil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) körgazmalar majmuasida ilk bor Eco Expo Central Asia 2025 ekologik texnologiyalar xalqaro körgazmasi bölib ötadi. Bu şunçaki körgazma emas – barqaror kelajak yölida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlaştiradigan harakatdir.
Eco Expo Central Asia 2025 körgazmasi ilğor ekologik texnologiyalar, amaliyot va yeçimlar almaşiş uçun mintaqadagi birinçi ixtisoslaştirilgan platformadir. Bu yerda hamma narsa namoyiş etiladi: ekologiyadagi sun’iy intellektdan tortib suvni tejaş yeçimlarigaça, yaşil energiyadan ekoturizmgaça. Markaziy Osiyoda ilk bor Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boşqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar iştirok etadi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan e’lon qilingan «Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot» yili doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan taşkil etilmoqda. Bu mamlakatimizning ekologiya sohasidagi milliy va xalqaro faolligi oşib borayotgani, ekologik islohotlar kuçaytirilayotgani va dunyoning yetakçi davlatlari bilan hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolatdir.
Körgazma iştirokçilari uçun Eco Expo nafaqat özlarining yaşil taşabbuslarini namoyiş etiş, balki yangi bozorlarga çiqiş, hamkorlik aloqalarini örnatiş, ekologik innovatsiyalardan ilhom oliş va global ekologik tendensiyaning bir qismiga aylaniş imkoniyatidir. Bu yerda biznes uçraşuvlari, taqdimotlar, ekspertlar panellari, şuningdek, startaplar va ekologik loyihalar taqdimotlari bölib ötadi.
Körgazmada Özbekistonning yaşil taşabbuslar ilgari surilayotgan hududlari, barqaror amaliyotni faol joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik fikrlaşni örgatuvçi sanoat ta’lim muassasalari, ekomarşrutlarni taklif etuvçi turistik joylar va boşqalar namoyiş etiladi. Quyidagi bölimlarga alohida e’tibor qaratilmoqda: yaşil şaharlar, toza texnologiyalar (clean-tech), ekomoliya, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, şuningdek, yaşil transport va obodonlaştiriş.
Asosiy körgazmadan taşqari mehmonlarni ekspertlar va soha yetakçilarining taqdimotlari, mamlakatning tabiiy merosiga bağişlangan videotanlov va fotokörgazma, Özbekiston ekologiyasi haqidagi hujjatli film namoyişi, tabiat va inson uyğunligini aks ettiruvçi badiiy körgazmalar kutmoqda.
Eco Expo Central Asia 2025 — Markaziy Osiyodagi eng muhim ekologik tadbirning bir qismiga aylaniş uçun noyob imkoniyatdir. Uç kun davomida körgazma mintaqaning ekologik kun tartibini özgartirişga, barqaror va ekologik toza texnologiyalar sohasida tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yangi istiqbollarni oçişga imkon beradigan platformaga aylanadi.







