Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur körgazmada 1920–1930 yillarda yaratilgan özbek va rus modernistlari asarlarini köriş mumkin. Bu sönggi yillar içida ötkazilayotgan ilk xalqaro qöşma körgazma bölib, sovet davri mafkurasini özida aks ettirmagan va qoğozga tuşirilganiga bir asrdan oşgan bölsa ham hali heç qayerda namoyiş etilmagan ikki noyob san’at töplamini birlaştiradi. Ekspozitsiyada rangtasvir va grafik işlanmalardan iborat turli asarlar mavjud, ularning orasida Aleksandr Volkov, Solomon Nikritin, Aleksandr Şevçenko, Kliment Redko kabi maşhur ijodkorlarning işlanmalari ham bor.

“Uşbu körgazma madaniy merosga hurmatni oşiriş va odatiy badiiy talqinlarga yangiça yondaşişga qaratilgan muzeylararo hamkorlikning natijasidir. U san’at tarixining unutilgan yoki buzib talqin qilingan sahifalarini oçib beradi. Şuningdek, 1920-1930 yillarga faqat avangard va sotsrealizm töqnaşuvi emas, balki yangi badiiy til, içki erkinlik va estetik tajriba izlangan davr sifatida qaraş imkonini beradi”, – deydi Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi raisi Gayane Umerova.

Körgazma 1920-1930 yillarda ijod qilgan rassomlarning izlanişlarini aks ettiruvçi mavzular asosida tartiblangan. Har bir bölimda öşa davrdagi rassomlar qanday fikrda bölgani va qaysi san’at yönalişlarida işlagani aks etgan.

Masalan, “Yangi Şarq möyqalam ustalari” bölimida Şarq madaniyati va milliy modernizmga oid asarlar joylaştirilgan. Bu yerda Aleksandr Volkov, Nikolay Karaxan va Örol Tansiqboyev kabi rassomlarning işlarini köriş mumkin. Ular tasvirlagan manzaralarda Şarq me’morçiligi, urf-odatlari, tarixiy voqealar va oddiy insonlarning hayoti mujassamlaşgan. Ayniqsa, Karaxan va Tansiqboyevning monumental va dekorativ san’at uslubidagi işlari orqali öşa davr ijtimoiy ruhini, milliy uyğoniş jarayonlarini his etiş mumkin. Uşbu bölimdagi asarlar öz davriga oid ijtimoiy fikrlar va madaniy izlanişlar haqida ham ma’lumotlarni tasvirlaydi.

“Zamon siymolari” bölimi esa XX asrning 20-30 yillarida yaşagan odamlarning obrazlari va portretlariga bağişlangan. Unda rassomlar oddiy insonlarning yuz ifodasi, kiyim-keçagi va hayot tarzini tasvirlaş orqali davr ruhini yetkazişga harakat qilgan. Asarlarda işçi, dehqon, ziyolilar kabi turli kasb egalarining siymolari tasvirlangan. Har bir portret avvalgi davr odamlari hayoti, ularning içki dunyosi va orzulariga nazar taşlaş imkonini beradi, ya’ni suratlar ötgan asr boşlarida yangi jamiyat quriş uçun qanday qadamlar taşlanganini ifodalaydi.