15:19 / 11.08.2018
45092

Erdo‘g‘an AQShni ogohlantirdi 

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning New York Times uchun maqolasida ogohlantirishicha, AQSh siyosati Vashington yangi ittifoqchilar izlashga majbur bo‘lishi bilan bog‘liq holatga olib kelishi mumkin.

«So‘nggi yillarda bizning sherikligimiz turli qarama-qarshiliklarga duch kelmoqda... Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari Turkiyaning suverenitetini hurmat qilmasa va mamlakatimizga tahdid solayotgan xavf-xatarni tushunib yetmasa, unda sherikchilik ham tahdid ostida qoladi», - deyiladi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh sanksiyalariga e'tibor bermasligi va Erondan gaz sotib olishda davom etishi haqida xabar berilgandi.

Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Denmezning ma'lum qilishicha, Turkiya AQShning sanksiyalariga qaramay, Eron gazini sotib olishni davom ettiradi.

Mavzuga oid
Top