Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Denmezning ma'lum qilişiça, Turkiya AQŞning sanksiyalariga qaramay, Eron gazini sotib olişni davom ettiradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Biz uçun energetik xavfsizlik juda muhim, Eron bilan gaz şartnomasiga egamiz, uning amal qiliş muddati - 2026 yilgaça. Unga muvofiq, biz yiliga 9,5 milliard kub metr tabiiy gaz sotib olamiz. Fuqarolarimizni sovuqda va elektr energiyasiz qoldirişni istamaganimiz uçun, şartnomani amalga oşiriş davom ettiriladi», - deya aytib ötdi Denmez.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Eronga qarşi sanksiyalar böyiça AQŞning qarori bir tomonlamadir.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan biznes yuritadigan mamlakatlarga ultimatum qöygandi.