O‘zbekiston | 10:58 / 05.11.2020
5136
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Samsung va MEGOGO sizning uyda hordiq olishdagi qarashlaringizni o‘zgartiradi

Samsung kompaniyasining yangi aksiyasi MEGOGO bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Smart TV funksiyali televizor xarid qilib, “TV va Kino” bepul obunasiga ega bo‘ling.

Ob-havo yoki karantin cheklovlari aslo kayfiyatingizni tushirish uchun sabab emas. Chunki uyingizda ham maroqli dam olishingiz mumkin. Ayniqsa, yaqinlaringiz davrasida hamda sevimli film tomosha qiladigan bo‘lsangiz. Samsung hamda MEGOGO xizmatining birgalikdagi aksiyasi. 2 noyabrdan boshlab zamonaviy televizor xarid qilib oila a'zolaringiz hamda yaqinlaringizga ajoyib sovg‘a taqdim eting. Seriallar, multfilmlar, qiziqarli ko‘rsatuvlar o‘z tomoshabinlarini allaqachon kutib turibdi. 

Yangi ko‘ngilochar media xizmati

MEGOGO – bu barcha oila a'zolaringiz uchun kino hamda televideniye. Filmlar va multfilmlar, seriallar va audio kitoblar hamda podkastlar to‘plami bilan MEGOGO tomoshabin uchun video tomoshasidagi ulkan imkoniyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Ushbu xizmat yordamida Smart televizor, kompyuter, planshet, smartfon, o‘yin konsollari va hokazo platformalarda yagona obuna bo‘yicha mavjud interaktiv kanallarni tomosha qilish taqdim etiladi. MEGOGO xususiy kanallarida esa video tomoshasini pauzaga qo‘yish, oldinga yoki ortga qaytarish, arxivdan yoki kelgusi efirdan kontent tanlash, audio tasma, subtitrlar va tasvir sifatini o‘zgartirish imkoniyati kabi qator qulayliklar ham taqdim etiladi.

Smart TV – an'anaviy televizordan yanada afzal

Televizor bugungi kun talqinida birgina telekanallar tomosha qilish uchun mo‘ljallangan qurilma g‘oyasidan talaygina uzoqlashib ulgurdi. Bunda Samsung kompaniyasining ahamiyati juda muhim, chunki Smart TV funksiyasi televizorga bo‘lgan munosabatni batamom o‘zgartirdi. Turli xizmatlar va ilovalar, internet hamda telekanallarni taqdim etgan holda, televizor endilikda barcha yoshdagi oila a'zolaringiz uchun o‘z jozibadorligiga ega.

Smart TV funksiyasi yordamida televizoringiz cheksiz imkoniyatlarga ega haqiqiy multimedia markaziga aylanadi va unda sevimli serial tomoshasidan tortib to o‘z shahringiz yangiliklari yoki ob-havo ma'lumotlarini bilishgacha bo‘lgan vazifalarni uddalashingiz mumkin. Televizoringiz yordamida internetga bog‘lanib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni tekshirishingiz yoki onlayn do‘konlardan xush ko‘rgan mahsulotingizni sotib olishingiz mumkin.

Haligacha Smart televizor kerakligiga shubhangiz bormi? Oilangizdagi turli avlod vakillarining har biri «aqlli» televizorda o‘ziga mos kontent tanlay olishi mumkin.

Mukammal juftlik: Samsung televizori va bepul MEGOGO obunasi 

Smart televizoringizning keng imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishingiz uchun MEGOGO obunasi ayni qo‘l keladi. Yagona obuna bilan ajoyib filmlar, yangi namoyishlar, multfilm va seriallarning ulkan tanlovi hamda interaktiv kanallar zamonaviy televizorning barcha xususiyatlarini namoyon etadi. Albatta, yangi aksiya shartlari asosida Smart TV funksiyasiga ega Samsung televizorini xarid qilib obunaga bepul ega bo‘lish yanada yoqimli.

Bepul obuna muddati televizor modellariga bog‘liq holda belgilangan:

  • Samsung QLED – 12 oy;
  • Samsung Ultra HD (UHD) – 6 oy;
  • Samsung Full HD – 3 oy.

Obuna yangi xarid qilingan televizorda sovg‘a banner faollashtirilgan vaqtdan boshlab amal qiladi.

Aksiya 2020 yil 2 noyabrdan 2022 yil 30 yanvarga qadar butun O‘zbekiston bo‘ylab amalda.

Batafsil ma'lumot uchun havola orqali o‘ting.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid