Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimda yetishtirilgan o‘zbek limoni Moskvada namoyish etildi. Vladimir Putin mahsulot bilan tanishdi
“Turonbank“ ATBning moliyaviy ko‘magi bilan limon yetishtirish jarayoni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yildi. “Turonbank“ ATBning limonchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Nuriddin Faxrutdinov yordamida tashkil etilgan Qrimdagi issiqxonada yetishtirilgan F-1 “Toshkent" navi o‘z hosilini berdi.
Foto: Turonbank
Mutaxassislar ma’lum qilishicha, issiqxonada nazoratli iqlim sharoiti, zamonaviy agrotexnologiyalar hamda tizimli parvarish usullari qo‘llandi. Natijada yuqori hosildor va eksportbop F-1 “Toshkent" navli limonlarni yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Mahsulot tashqi ko‘rinishi, ta’mi va saqlanish muddati bilan ajralib turadi hamda xalqaro bozor talablariga mos darajada yetkazib berilmoqda.

Mazkur limonlar Moskva shahrida o‘tkazilgan ko‘rgazmada namoyish etildi. Kuzatuv kengashi yig‘ilishidan avval Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ko‘rgazmani ko‘zdan kechirib, ushbu mahsulot bilan tanishdi.
Loyiha tashabbuskori ta’kidlashicha, yetishtirilgan limon navining ta’mi O‘zbekistonda yetishtirilgan limon ta’mi bilan deyarli bir xil. Erishilgan natija ilmiy yondashuv va amaliy tajriba uyg‘unligi samarasi hisoblanadi. Ushbu tajriba agrar sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 08.11.2025
Metroda kitobxonlar uchun “Turon kitob bekati” tashkil qilindi
15:00 / 18.01.2025
O‘zbek limoni: Turonbankdan yangi tashabbuslar va foydali maslahatlar
17:00 / 08.01.2025
O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” Ascotsiatsiyasining navbatdagi konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
19:00 / 07.01.2025