Şuni qayd etiş lozimki, "Turonbank" ATB Özbekistonda fransuz boksi “Savat” sport turini ommalaştirişga alohida e’tibor qaratgan. “Turonbank” ATB Boşqaruvi Raisi Çori Mirzayev Özbekistonda fransuz boksi “Savat” Assotsiatsiyasi prezidenti hisoblanadi.

Ayni dam Respublikamizning barça viloyatlarida fransuz boksi “Savat”  markazlarining faoliyati yölga qöyilgan.

Eslatib ötamiz, hozirgi kunga qadar mazkur sport turi bilan 1300 nafardan ziyod yoşlar şuğullanmoqda va ular Osiyo hamda Jahon çempionatlarida muvaffaqiyatli iştirok etdi. Ayni damga qadar Özbekiston jamoasi 80 ta oltin, 72 ta kumuş va 93 ta bronza medallarini qölga kiritgan.

Özbekistonda fransuz boksi “Savat” Assotsiatsiyasining asosiy maqsadi yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, ularni ommaviy sportga jalb etiş, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oşiriş va sport orqali millatlar örtasida döstona munosabatlarni rivojlantirişdir.

Reklama