O‘zbekiston | 17:00 / 13.05.2026
1015
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UZCARD va Mastercard O‘zbekistonda raqamli to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

Samarqandda imzolangan kelishuv to‘lov infratuzilmasini kengaytirish, transchegaraviy operatsiyalarni rivojlantirish va kiberxavfsizlikni kuchaytirish imkoniyatlarini ochadi.

Foto: Mastercard

Samarqand, O‘zbekiston — “Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” AJ (UZCARD savdo belgisi) va to‘lovlar sohasidagi global texnologik kompaniya Mastercard O‘zbekistonda to‘lov infratuzilmasi va raqamli moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolanganini e’lon qildi.

Memorandumning imzolanishi Samarqand shahrida, moliya sektori va texnologiya industriyasi yetakchilarini birlashtirgan xalqaro tadbir — Osiyo taraqqiyot banki (Asian Development Bank, ADB) Boshqaruvchilar kengashining 59 yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Hujjat tomonlarning bir qator ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish niyatlarini mustahkamlaydi. Ular qatoriga to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish, transchegaraviy operatsiyalarni rivojlantirish, fintech sohasida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, raqamli to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish kiradi.

Hamkorlik doirasida kiberxavfsizlik va firibgarlikning oldini olish masalalariga, shuningdek, aholi va biznes sub’yektlari o‘rtasida xavfsiz hamda qulay naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

«O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda yuqori sur’atlarni namoyon etmoqda va bunda zamonaviy to‘lov infratuzilmasi muhim rol o‘ynaydi», — dedi Mastercard’ning Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy prezidenti Yasemin Bedir. «UZCARD’ning mahalliy bozordagi ekspertizasi va qamrovini Mastercard’ning global tarmog‘i, texnologiyalari hamda xavfsizlik yechimlari bilan birlashtirgan holda, biz foydalanuvchilar va biznes uchun raqamli iqtisodiyotga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga, yanada xavfsiz tranzaksiyalarni ta’minlashga, ishonchni mustahkamlashga va innovatsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga intilamiz».

Tomonlar, shuningdek, foydalanuvchilar va biznes ehtiyojlariga javob beradigan zamonaviy va barqaror to‘lov ekotizimini shakllantirishga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

«Mastercard bilan memorandum imzolanishi O‘zbekiston to‘lov tizimini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamdir», — ta’kidladi UZCARD Kuzatuv kengashi raisi Akbar Akilov. «Hamkorlik UZCARD’ning mahalliy ekspertizasi va Mastercard’ning xalqaro tajribasini birlashtirish orqali zamonaviy, xavfsiz va qulay to‘lov yechimlarini, jumladan, AI vositalaridan foydalangan holda rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va xorijdagi foydalanuvchilar uchun naqd pulsiz to‘lovlar imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi».

IMC-Capital direktori, UZCARD aksiyador kompaniyasi vakili Aziz Yusupov ta’kidlaganidek:

«Mazkur hamkorlik barqaror va kelajak chaqiriqlariga tayyor to‘lov infratuzilmasini yaratishga bo‘lgan uzoq muddatli sodiqligimizni aks ettiradi. O‘zbekiston jadal raqamli transformatsiya davrini boshdan kechirmoqda va ushbu sur’atlar kengaytiriladigan, shaffof hamda xalqaro darajada mos keluvchi texnologik yechimlarga tayanishi nihoyatda muhimdir. Bizning maqsadimiz — mamlakat moliyaviy-texnologik infratuzilmasining global standartlarga muvofiq rivojlanishini ta’minlash, biznes, iste’molchilar va umuman iqtisodiyot uchun uzoq muddatli qiymat yaratishdan iborat».

Memorandum UZCARD va Mastercard’ning O‘zbekistonda barqaror hamda kelajakka tayyor to‘lov ekotizimini shakllantirish maqsadida uzoq muddatli texnologik hamkorlik va ekspertiza almashishga bo‘lgan umumiy intilishini aks ettiradi.

UZCARD. Qulay yashang

UZCARD

“Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi” AJ — UZCARD — O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘lov operatsiyalarining protsessingini ta’minlovchi to‘lov tizimidir.

Mastercard

Mastercard dunyoning 200 dan ortiq mamlakatida iqtisodiyot rivojiga hissa qo‘shadi va insonlar uchun yangi imkoniyatlarni kengaytiradi. Mastercard tranzaksiyalarni xavfsiz, sodda, intellektual va hamma uchun ochiq qilish orqali raqamli to‘lovlarning keng ko‘lamli variantlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniyaning texnologiyalari va innovatsiyalari, hamkorlik aloqalari hamda tarmoqlari insonlar, korxonalar va hukumatlarga o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan noyob mahsulot va xizmatlar majmuasini taqdim etishga xizmat qiladi.

www.mastercard.com

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid