Jahon | 18:34 / 07.05.2026
12253
2 daqiqa o‘qiladi

Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi

Bu yilgi parad qisqartirilgan formatda - «operativ vaziyat» tufayli og‘ir harbiy texnikalarsiz o‘tkaziladi. Ro‘yxat ham kamtarona.

Foto: Getty Images

Kreml 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan tantanalarda ishtirok etishini tasdiqlagan xorijiy mehmonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Asosiy ro‘yxat quyidagicha:

  • Aleksandr Lukashenko
  • Badra Gunba – tan olinmagan Abxaziya prezidenti (rafiqasi bilan);
  • Alan Gagloyev – tan olinmagan Janubiy Osetiya prezidenti;
  • Thongloun Sisulit – Laos prezidenti;
  • Sulton Ibrohim – Malayziyaning oliy hukmdori (qiroli);
  • Robert Fitso – Slovakiya bosh vaziri;
  • Bosniya va Hersegovina tarkibidagi Serb Respublikasi rahbariyati: Sinisha Karan (prezident), Nenad Stevandich (Xalq majlisi raisi, rafiqasi bilan), Milorad Dodik (Mustaqil sotsial-demokratlar ittifoqi partiyasi rahbari, rafiqasi bilan).

Bu o‘tgan yilga nisbatan kamtarona ro‘yxatdir. Xususan, unda Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlaridan hech kim yo‘q.

Taqqoslash uchun, 2025 yilgi yubiley tantanalarida Xitoy raisi Si Jinping, Braziliya prezidenti Lula da Silva va boshqalar bilan birga 30 ga yaqin yetakchi bor edi.

Bu yilgi parad qisqartirilgan formatda – «operativ vaziyat» tufayli og‘ir harbiy texnikalarsiz o‘tkaziladi.

Masalan, Fitso Noma’lum askar qabriga gul qo‘yishni rejalashtirmoqda, ammo paradning o‘zida ishtirok etmasligi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid