Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik otashkesimni e’lon qildi va urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar davom etayotganini ta’kidladi.
Foto: AP
«Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilishdan mamnunman. Rossiyada shu kunlarda G‘alaba kuni nishonlanmoqda, ammo Ukraina ham Ikkinchi jahon urushining muhim qismi va ishtirokchisi bo‘lgan», deb yozdi Oq uy rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘t ochishni to‘xtatish barcha jangovar harakatlarni to‘xtatishni, shuningdek, har bir tomondan 1000 kishidan iborat asirlarni almashishni o‘z ichiga oladi.
«Prezident Vladimir Putin va Prezident Vladimir Zelenskiyning roziligini yuksak qadrlayman. Umid qilamanki, bu juda uzoq, qonli va og‘ir urushning tugashining boshlanishi bo‘ladi. Ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik bo‘lgan bu mojaroni tugatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va biz kun sayin maqsadga yaqinlashmoqdamiz», deb tushuntirdi u.
4 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi G‘alaba kunini nishonlash sharafiga 8-9 may kunlari Ukraina bilan urushda sulh e’lon qildi. Vazirlik Kiyevni Moskvadan o‘rnak olib, sulh e’lon qilishga chaqirdi. Agar G‘alabaning 81 yilligini nishonlashga to‘sqinlik qilishga urinish bo‘lsa, Rossiya «Kiyev markaziga ommaviy raketa hujumi»ni amalga oshirish bilan tahdid qildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy shundan so‘ng 6 maydan boshlab «sukunat rejimi» joriy etilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
07:55
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:18
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026