11:10 / 03.06.2019
7523

Toshkent viloyatida maktablar uchun 200 milliard so‘m ajratiladi - Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilish davom etmoqda.

Telegramdagi «Oltin voha» kanalida yozilishicha, prezident Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini chuqur tahlil qilib, mamlakatimizning boshqa hududlarida hamda jahon miqyosida kechayotgan voqeliklar bilan qiyosan so‘z yuritdi.

Prezident Toshkent viloyatiga maktablar qurilishi uchun 200 milliard so‘m, sog‘liqni saqlash tizimi uchun va yo‘llar qurilishi uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘mdan ajratilishini, bugunning o‘zida 170 milliard so‘m mablag‘ o‘tkazilishi va ishlar bugundan boshlanishini ma'lum qilgan. 

Top