Toşkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar örnatiladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Unga köra, Qibray, Yangiyöl, Çinoz, Zangiota, Toşkent va Oqqörğon tumanlari hududida yöl-transport hodisalarining oldini oliş maqsadida, maxsus avtomatlaştirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar örnatiladi.

Bu haqda Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegişli farmoyişni imzoladi. Buning uçun viloyat mahalliy budjetining 2024 yil boşiga şakllangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan 1 milliard 500 million söm miqdorda mablağ ajratildi.